Sotsial-demokratiya
Demokratiyaning keng tarqalgan modellaridan biri sotsial demokratiyadir. O‘zbekistonda siyosatshunoslikka doir ilmiy adabiyotlarda sotsialistik demokratiya, jamoaviy
demokratiya, identitar demokratiya shaklida ham uchratish mumkin. Faqat sotsial demokratiyaning rivojlanish asoslari marksistiksotsialistik g‘oyalarga borib taqalsada, u tarixiy rivojlanishi davrida mohiyatan o‘zgargan. Uni sobiq Ittifoq yoki shu kabi davlatlardagi sotsialistik demokratiya modeli bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Sotsial demokratiyaga sof jamoaviy yoki sotsialistik demokratiya deb qarasak, unda muxolifat yot tushuncha hisoblanadi, xususiy mulk huquqi cheklanadi, ko‘ppartiyaviylik masalasi ham ochiq qoladi, o‘zini xalq bilan bir narsa sifatida ko‘rsatuvchi totalitar rejim shakllanishi va insonlar huquqlari cheklanishi xavfi bor. Sotsial demokratiyaning asosiy g‘oyalari- adolat, tenglik, erkinlik va birodarlik. Shuning uchun bugungi kunda sotsial demokratiyani mohiyatan ijtimoiy demokratiya sifatida tushunish maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, buni hozirda 0 ‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Adolat” sotsial demokratik partiyasi ustavi va saylov oldi dasturlaridan ham kuzatish mumkin. Partiya saylov oldi dasturlarida quyidagi tamoyillar aks etgan: “Adolat - hayotimizning bosh mezoni, adolat - har bir inson uchun”, “Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun”, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” yoki “Partiya o‘zini iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda innovatsion taraqqiyotning, yaratilgan moddiy boyliklami adolatli taqsimlashning, qonunchilik va huquqtartibotni mustahkamlashning, fuqarolaming huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishning, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining ochiqligi va hisobdorligining faol tarafdori, deb biladi.” Umuman, sotsial demokratiyaning o‘zga xos jihatlarini quyidagilarda kuzatish mumkin:
• jamoaviylik, ijtimoiy manfaatlaming shaxsiy manfaatlardan ustunligi;
• davlat ishlarida fuqarolaming teng huquqliligi va faol ishtiroki;
• ins on huquqlarining kafolatlanishi;
• so‘z va mitinglar o‘tkazish erkinliklari;
• fuqarolaming boshqaruvda ishtirok etishlari uchun ijtimoiy shart-sharoitlaming yaratilishi;
• ana shu asosiy guruhlaming demokratik tarzda tashkil etilishidan iborat.[1]
Manba
tahrirO'.B.Bito'rayev Siyosatshunoslikka kirish:o'quv qo'llanma.-T.:2017
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ O'.B.Bito'rayev Siyosatshunoslikka kirish:o'quv qo'llanma.-T.:2017.