Sovitish mashinasi
Sovitish mashinasi - mahsulot larni atrof muhit temperaturasidan ancha past trada sovitish uchun moʻljallangan qurilma. Ishi tashqi energiya hisobiga sovitish kamerasini sunʼiy sovitishga asoslanadi. Sovitish mashinasining kompression, issikdik va termoelektron xillari bor. Ularda +10 dan —150° gacha temperatura hosil qilish mumin. Kompression Sm. gazli (gazsimon sovitish agenti afegat holatini oʻzgartirmaydigan) va bugʻli (sovitish agenti afegat holatini oʻzgartiradigan) xillarga boʻlinadi. Bugʻli Sovitish mashinasi keng tarqalgan; uning kompressorli va absorbsion xillari bor. Kompressorli Sovitish mashinasi koʻproq ishlatiladi. U, asosan, kompressor, elektr dvigatel, kondensator, bugʻlatkich va rostlash qurilmasidan iborat. Bu qismlar birbiriga naychalar bilan tutashtirilib, berk tizimni xrsil qiladi. Bu tizim sovitish agenti (freon, ammiak) bilan toʻldiriladi. Elektr dvigatel va kompressorning joylashishiga qarab, Sovitish mashinasi ochiq va yopiq xillarga boʻlinadi. Ochiq Sovitish mashinasi yirik sovitish qurilmalarida, yopiqS.m. xoʻjalik vauyroʻzgʻor sovitkichlarida ishlatiladi.
Issiqlik Sovitish mashinasi sovitish siklida 2 komponent — sovitish agenti va yutgich (absorbent) qatnashadigan absorbsion hamda bugʻ ejektorli (bug ejektori yordamida siqiladigan) xillarga boʻlinadi.
Termoelektr Sovitish mashinasida sovitish Peltye effektiaan foydalanib amalga oshiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |