Sovliq
Sovliq — qoʻzilagan, sogʻiladigan qoʻy. Urgʻochi qoʻzilar 5—7 oyda jinsiy yetiladi va ularni 15—18 oyda qochirishga qoʻyish mumkin. S.lar qoʻy suruvining asosiy qismini (60—75%) tashkil qiladi. Qoʻylardan jun, goʻshtyogʻ, sut, teri, barra teri va hokazolarni yetishtirishda S.lar muhim ahamiyatga ega. S.lardan xoʻjaliklarda oʻrtacha 6 yil foydalaniladi. Yiliga har bosh Sdan 20— 50 kg sut sogʻib olinadi (qarang Koʻy.).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |