Soya moyi
Soya moyi — soya oʻsimligi urugʻidan presslash yoki ekstraksiyalash yoʻli bilan olinadigan moysimon suyuklik. Tozalanmagan Sm. yashil tusli jigarrang, rafinatsiyalangani esa och sariq rangli; moylarning oleinlinol guruhiga mansub. Zichligi 922–934 kg/m³ (15°da), qotish temperaturasi —15 dan —18° gacha, yod soni 120—141. Tarkibida 7— 12,1% palmitin, 2—5% stearin, 20—30% olein, 44—60% linol va 5— 11 % linolen kislotalari bor. Sm. yarim quriydigan moylar turkumiga kiradi, tarkibida toʻyingan yogʻ kislotalarining ozligi va linol kislotaning koʻpligi (ozuqaviy qiymatining yuqoriligi) bilan boshqa moylardan farqlanadi. Oziqovqat moyi sifatida, gidrogenlangan Sm. esa margarin va sovun ishlab chiqarish.da qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |