SpaceX DM-2
SpaceX DM-2 (shuningdek, Demo-2 nomi bilan ham tanilgan) NASAning xususiy uchuvchi yordamida boshqariladigan kosmik kemalarni rivojlantirish Commercial Crew Program dasturi doirasida Amerikaning SpaceX shirkatiga tegishli Crew Dragon xususiy qayta foydalanish mumkin boʻlgan kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga ikkinchi namoishiy va birinchi uchuvchi yordamida boshqariladigan parvozidir.
COSPAR ID | Andoza:Cospar |
---|---|
SATCAT no. | Andoza:Wd |
2011-yil 8-iyulda Space Shuttleʼning soʻnggi parvozidan keyin Qoʻshma Shtatlar tomonidan birinchi marta uchirilgan uchuvchi yordamida boshqariladigan parvoz.
Kema 2020-yil 30-mayda uchirilgan[1]. XKS bilan tutashuv 2020-yil 31-mayda boʻlib oʻtdi. 2-avgust kuni kema Pensakola yaqinidagi Meksika koʻrfaziga qoʻndi.
Vazifalari
tahrirUshbu parvoz Commercial Crew Program dasturi doirasidagi soʻnggi sinov boʻlib, u ning toʻlaqonli ekipajini almashtirish ekspluatatsion parvozlar uchun SpaceX uchuvchi yordamida boshqariladigan transport tizimini sertifikatlashni yakunlash uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etdi. Parvozning asosiy maqsadlari Falcon 9 raketa tashuvchisining ishlashi, Crew Dragon kemasi, yer usti infratuzilmasi va Xalqaro kosmik stansiya bilan uchirish operatsiyari, yaqinlashish, tutashuv va suvga choʻktirish vazifalarinig yakuniy ishlash sinovi edi[2].
Ushbu parvozda ekipaj dastlab SpaceX tomonidan ishlab chiqilgan yangi skafandrlardan foydalangan. Ularning ishlab chiqilishi 2015-yilda superqahramonlar va ilmiy-fantastik filmlar ustida ishlaganligi bilan tanilgan Gollivud liboslari dizayneri Xose Fernandes bilan boshlangan, u tashqi koʻrinshga javobgar boʻlgan. Kostyum vakuumda ishlashga mos keladi, kabinani razgermetizatsiyasidan himoya qiladi. Astronavtning sonida havo bilan taʼminlaydigan va elektron ulanishlarni oʻz ichiga olgan yagona ulanish shlangi mavjud. 3D printerda bosib chiqarilgan shlemlarda mikrofon va dinamiklar mavjud. Kosmik kostyumlar kosmik nurlanishdan himoyalanmaganligi sababli ular kemadan tashqari faoliyat uchun ishlatilmaydi[3][4][5].
Ekipaj
tahrirAstronavt[6] | Lavozim | Parvoz raqami | Agentlik |
---|---|---|---|
Douglas Hurley | Komandir | 3 | NASA |
Robert Behnken | Uchuvchi | 3 | NASA |
Fotogalereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „В США запустили корабль Crew Dragon к МКС. Это первый частный пилотируемый запуск в космос“. Новая газета (2020-yil 30-may). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
- ↑ „Coverage of Landmark NASA SpaceX Commercial Crew Test Flight“ (en). NASA (2020-yil 26-may). 2020-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
- ↑ Elizabeth Howell. „How SpaceX's sleek spacesuit changes astronaut fashion from the space shuttle era“ (en). Spacex.com (2020-yil 22-may). 2020-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
- ↑ Guy Martin. „The Man Behind America’s New Spacesuit: How Elon Musk Took Hollywood Costume Designer Jose Fernandez From Batman To NASA“ (en). Forbes (2020-yil 29-may). 2020-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
- ↑ Amanda Kooser. „NASA astronauts test SpaceX spacesuits in the Crew Dragon“ (en). CNET (2018-yil 6-noyabr). 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
- ↑ Lewis, Marie. „Meet the First Astronauts to Fly Commercial U.S. Spacecraft“. NASA (2018-yil 3-avgust). 2019-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-avgust.
Adabiyotlar
tahrir- Erik Seedhouse. SpaceX’s Dragon: America’s Next Generation Spacecraft. Springer Praxis Books, 2016. ISBN 978-3-319-21514-3.