Spanakopita (grekcha: σπανακόπιτα, σπανάκι dan „ismaloq“ va πίτα dan „pirog“ soʻzlaridan) — ismaloqli[1] va oq tuzlangan pishloqli, odatda fetali yunoncha mazali pirog.

Ingredientlar va turlari

tahrir

Anʼanaviy nachinka toʻgʻralgan ismaloq, oq pishloq, piyoz yoki yashil piyoz, tuxum va ziravorlardan iborat[2]. Kefalotiri kabi boshqa tuzlangan pishloqning oʻzi yoki feta bilan aralashtirilgan holda ishlatilishi mumkin. Ziravor sifatida arpabodiyon, yalpiz va maydanoz kabi koʻkatlardan foydalanish mumkin[3]. Shuningdek, xushboʻylik uchun pirogga muskat yongʻogʻi ham qoʻshiladi. Koʻpincha qovurilgan piyoz, yongʻoq nachinka sifatida solinadi. Nachinka yogʻ yoki zaytun moyi bilan fillo xamirida qatlamlanadi, katta formada (yoki katta tovada) pishiriladi, undan keyin alohida qismlar kesiladi. Pishirishning yana bir varianti: nachinka xamir ustiga joylanadi, rulet qilib oʻraladi, undan doira hosil boʻladi. Koʻproq vaqt talab qiladigan jarayon xamirdan nachinkali uchburchaklar tayyorlashdir[1].

Fillo xamir retsepti eng keng tarqalgan boʻlsa-da, baʼzi retseptlarda qalinroq qobiqqa ega boʻlgan rustik horiatiko xamiridan foydalaniladi[3]. Pirog ham qatlama xamirdan tayyorlanishi mumkin. Pishirilganda xamir oltin rangga ega boʻladi, koʻpincha sariyogʻ va tuxum sarigʻi bilan qoplash orqali toʻyingan boʻladi. Spanakopitani dasturxonga toʻgʻridan-toʻgʻri pechdan chiqishi bilan tortish yoki u soviguncha kutish kerak.

 
Uchburchak spanakopita

Spanakopitaning („nistisimo“) roza taomi va vegan versiyasi mavjud boʻlib, u Ulugʻ roʻza va boshqa roʻza tutish paytida isteʼmol qilinadi. Ushbu versiyada nachinka sifatida ismaloq, piyoz yoki yashil piyoz, arpabodiyon, maydanoz yoki selderey kabi boshqa koʻkatlar, shuningdek, zaytun moyi va bir oz bugʻdoy uni ishlatiladi, lekin xamirga tuxum yoki sut mahsulotlari qoʻshilmaydi. Aralashma qarsildoq qobiq paydo boʻlgunga qadar pechda pishiriladi. Pishloq oʻrniga tofu ishlatadigan noanʼanaviy vegan versiyalari mavjud[4].

Yunonistonning qishloq joylarida ismaloqning kamroq miqdori ishlatiladi va yetishmayotgan miqdori koʻk piyoz, mangold va otquloq bilan almashtiriladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Wright, Clifford. The Little Foods of the Mediterranean: 500 Fabulous Recipes for Antipasti, Tapas, Hors D'Oeuvre, Meze, and More. Harvard Common Press, 2003 — 268–269-bet. ISBN 978-1558322271. 
  2. Zane, Eva. Greek Cooking for the Gods. Santa Rosa, California: The Cole Group, 1992. ISBN 978-1-56426-501-2. 
  3. 3,0 3,1 Cloake, Felicity. „How to make the perfect spanakopita“. The Guardian (22-avgust 2018-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2020-yil.
  4. Galer-Unti, Caitlin „Vegan Spanakopita (Greek Spinach & Feta Pie“. Vegan World (7-may 2016-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2020-yil.