Sparta obiyovg‘oni
Sparta obiyovgʻoni, shuningdek, qora qonli obiyovgʻon sifatida ham tanilgan — spartaliklarning taomlaridan biri, choʻchqa oyoqlari va yasmiq, sirka va tuz qoʻshilgan qonli yovgʻon shoʻrva. Baʼzi gastrosoflar spartaliklarning harbiy muvaffaqiyatlarini, bunday oddiy va mazasiz shoʻrvani isteʼmol qilmaslik uchun ular jangda oʻlishni afzal koʻrganliklari bilan izohladilar[1].
Qora obiyovgʻon haqida hikoya
tahrirKoʻpgina mualliflar spartaliklarning „qora obiyovgʻon“ haqidagi hikoyasini turli yoʻllar bilan aytib berishadi.
- Fors shohi Yunonistonda boʻlganida, asirga olingan spartalikni unga shunday pishiriq pishirishga majbur qildi, tatib koʻrgach shunday dedi: „Endi men spartaliklar nega jasorat bilan oʻlimga borishlarini tushundim: ular bunday taomdan koʻra oʻlimni afzal koʻrishar ekan“[2].
- Plutarx shunday yozadi:
"Keksalar goʻshtdan voz kechib, oʻz ulushlarini yoshlarga berishdi va oʻzlariga obiyovgʻon quyishdi. Aytishlaricha, bir Pontik qirol hatto oʻziga spartalik oshpazni faqat „qora obiyovgʻon“ tayyorlash uchun sotib olgan, lekin u buni tatib koʻrganida, uni nafrat bilan tupurib yuborgan va qattiq gʻazablangan. „Qirolim, — dedi oshpaz, — bu obiyovgʻonni isteʼmol qilishdan oldin, Evrotada choʻmilish kerak!“[3].
- „Gulliverning sayohatlari“ning uchinchi qismida hikoya qiluvchining iltimosiga binoan tarixiy shaxslarning ruhlari chaqiriladi, Gulliver shunday deydi: „Bir Agesilay bizga sparta obiyovgʻonini pishirdi, lekin uni tatib koʻrganimdan soʻng, men ikkinchi qoshiqni yuta olmadim“.
Qondan tayyorlanadigan shoʻrvalar
tahrirQora obiyovgʻon retsepti saqlanib qolmagan, ammo qondan tayyorlangan shoʻrvalar hali ham dunyoning turli mamlakatlarida isteʼmol qilinadi.
Yana qarang
tahrir- Qonli kolbasa
- Masai — vatussi buqalarining qonini sutga aralashtirib yeydigan qabila
- Svartsoppa — shved gʻozi qoni taomi (Skåne)
- Czernina — oʻrdak qoniga asoslangan polsha shoʻrvasi
- Dinuguan — filippinlik taom, qovurilgan choʻchqa goʻshti, choʻchqa qoni, chili qalampiri va sirka
Manbalar
tahrir- ↑ Ingrid Haslinger „Suppen der frühen Kulturvölker“, . Dampf stieg aus dem Topf hervor: Eine Kulturgeschichte der Suppen aus aller Welt, 1. Auflage, Wien: Mandelbaum Verlag, 2010. ISBN 978385476-338-3.
- ↑ Гаспаров М. Л.. Занимательная Греция. Рассказы о древнегреческой культуре. М.: Б. С. Г.-ПРЕСС, 2005. ISBN 5-93381-196-3.
- ↑ Spartanskiy eksperiment http://www.vokrugsveta.ru/vs/article/1985/
Adabiyotlar
tahrir- Clauss, Manfred. Sparta. Eine Einführung in seine Geschichte und Zivilisation (Sparta. An Introduction to its History and Civilisation). C.H. Beck, München (Beck'sche Elementarbücher), 1983 — 166-bet. ISBN 3-406-09476-7.
- Гаспаров М. Л.. Занимательная Греция: Рассказы о древнегреческой культуре. М.: Б. С. Г.-ПРЕСС, 2005. ISBN 5-93381-196-3.
Havolalar
tahrir- A Greek Blood Soup which may have resembled the Spartan recipe (Wayback Machine saytida 2011-05-22 sanasida arxivlangan)