Spektrogelioskop (spektr, gelio... va yun. skopey — qarayman) — Quyosh sirtini vizual kuzatishga imkon beradigan spektral astronomik asbob. S. katta spektroskopmonoxromatordan iborat; uning kirish tirkishi tekisligiga uzun fokusli obyektiv yoki koʻzgu yordamida Quyosh tasviri tushiriladi, chikish tirkishi esa Kuyosh spektridan baʼzi spektral chiziq (odatda, kizil vodorod chizigʻi Na) ni ajratib oladi. Tirqishlar ketma-ket joylashganligi tufayli kuzatuvchida koʻrish taassuroti yoʻqolmasligi uchun ikkala tirkish ham sinxron tebranma harakatga keltiriladi. Natijada kuzatuvchi Quyosh atmosferasini yoki Kuyosh gardishidan tashqarida hosil boʻladigan protuberansgar, xromosfera va boshqalarni kuzatishga muvofiq boʻlinadi. Tirkish oʻrniga prizma oʻrnatish ham mumkin; u motor vositasida aylantiriladi va Quyosh gardishining tasviri boʻlaklarga boʻlib kuzatiladi. S. birinchi marta 1891-yil amerika olimi E. Xeyl va fransuz astronomi A. Delandr konstruksiyalari asosida yaratilgan.