Spirt loklar
Spirt loklar — baʼzi smolalarning 90—95% li etil spirtdagi eritmasi (30—40%li). Spirt loklar parda hosil qiluvchi moddalar — tabiiy smolalar (shellak, yumshok, kopallar, sandarak, mastike, kanifol, akaroid) hamda fenolaldegid smolalar (mas, iditol) dir. Pardalarning elastikligini oshirish maqsadida Spirt loklarga kanakunjut moyi, zigʻir moyi, yogʻ kislotalari bilan ishlov beriladi, Spirt loklarga spirtda eruvchi organik boʻyagichlar (mas, nigrozin, rodamin) qoʻshib qora va rangli loklar, anorganik pigmentlar bilan dispergirlab emal buyoklar yoki spirtli emallar olinadi. Spirt loklar mebel, charm va boshqalarga sayqal berishda qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |