Spitak zilzilasi
Spitak zilzilasi - 1988-yilning 8-dekabr ertalab Armanistonning togʻli rayonida sodir boʻlgan dahshatli zilzila hisoblanadi. Magnitudasi 7,0 ball, kuchi 9 balldan ortiq boʻlgan. Zilzila oʻchogidan ajralib chiqqan energiya 10" joulga teng boʻlib, yer yuzasida yoriqlar, koʻchki va oʻpirilmalar hosil qilgan. Baʼzi yoriqlarning uzunligi 4—5 kilometrga choʻzilgan. Kuchli seysmik tebranishlar imoratlarni tiklab boʻlmas darajada xonavayron qilgan. Natijada Spitakdan tashqari 20 ga yaqin shahar, 342 ta qishloq juda katta zarar koʻrgan. 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishdan chiqqan. Imoratlar tagida 25 ming kishi halok boʻlib, 19 ming kishi jarohat olgan va 514 ming kishi uysiz qolgan. Kommunikatsiya inshootlari buzilgan.
Nomi | Spitak Zailzilasi |
Sodir boʻlgan vaqt | 1988-yil, 8-dekabr, 11:41 |
Magnituda | 7,2 |
Gipomarkaz chuqurligi | 10 km |
Jabr koʻrgan mamlakat va region | Sovet Ittifoqi SSSR, Andoza:Country data Armenian SSR Armaniston.SSR |
Jabr koʻrganlar | 25 ming kishi halok boʻlgan
514 ming kishi uysiz qolgan |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |