Ichki aʼzolarning pastga tushishi

(Splanxnoptozdan yoʻnaltirildi)

Ichki aʼzolarning pastga tushishi, splanxnoptoz – qorin boʻshligʻidagi aʼzolar: meʼda, jigar, ichak, shuningdek, buyrak, bachadon va boshqalarning odatdagi oʻrnidan ancha past turishi. Tugʻma (qorin devori va chanoq tubi muskullari hamda ichki aʼzolarni oʻz oʻrnida ushlab turadigan boylamlarning tugʻma sustligi) va orttirilgan (ogʻir yuk koʻtarish oqibatida muskullarning choʻzilishi va boʻshashishi, ayollarda tugʻruqdan keyin tez ozib, yogʻ toʻqimasining yoʻqolishi) xili farq qilinadi. Irsiy moyillik ham qisman rol oʻynaydi. Meʼda va ichak pastga tushganda bemor qornida ogʻirlik va ogʻriq sezadi, ogʻriq aksari tik turganda boshlanib, yotganda bosiladi, buyrak pastga tushganda bel sohasi ogʻriydi. Koʻpincha Ichki aʼzolarning pastga tushiship.t.da tinka quriydi, qaysi aʼzo pastga tushgan boʻlsa, oʻsha aʼzoning funksiyasida oʻzgarish, shuningdek, nerv regulyasiya-sining buzilishi va hokazo kuzatiladi. Ichki aʼzolarning pastga tushishi p. t.ning oldini olish gigiyenik tartibga amal qilish, vaqtida maromida ovqatlanish, qabziyatga yoʻl qoʻymaslik, muntazam badan tarbiya bilan shugʻullanishdan iborat. Davo, asosan, yuzaga kelgan oʻzgarishlarga qarab tayinlanadi. Davo gimnastikasi, fizioterapevtik muolajalar, bandaj taqish buyuriladi, zaruriyat boʻlganda jarrohlik usuli qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil