Srečko Katanec
Srečko Katanec (talaffuzi: Srechko Katanets; 1963-yil 16-iyul, Lyublyana) – sloveniyalik futbolchi va murabbiy, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Srechko Katanets | ||
Tavallud sanasi | 16-iyul 1963-yil | ||
Tavallud joyi | Lyublyana | ||
Boʻyi | 190 cm (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi, Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1970—1981 | Ljubljana | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1981—1985 | Olimpija | 81 | (10) |
1985—1986 | Dinamo Zagreb | 21 | (3) |
1986—1988 | Partizan | 58 | (9) |
1988—1989 | VfB Stuttgart | 26 | (1) |
1989—1994 | Sampdoria | 87 | (12) |
Total | 273 | (35) | |
Milliy terma jamoa | |||
Yugoslaviya U21 | |||
1983—1990 | Yugoslaviya | 31 | (5) |
1994 | Sloveniya | 5 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
1996—1998 | Sloveniya U21 | ||
1998 | Goritsa | ||
1998—2002 | Sloveniya | ||
2003 | Olimpiakos | ||
2006—2009 | Makedoniya | ||
2009—2011 | BAA | ||
2013—2017 | Sloveniya | ||
2018—2021 | Iroq | ||
2021—2025 | Oʻzbekiston | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirFutbolchi faoliyati
tahrirFaoliyatini Lyublyana klubida boshlagan. 1981—1988-yillarda Yugoslaviyaning „Olimpiya“, Zagrebning „Dinamo“ va „Partizan“ klublarida oʻynagan. 1988-yilda u Gʻarbiy Germaniyaning Shtutgartiga koʻchib oʻtdi, u yerda bir mavsum oʻtkazdi. UEFA kubogi finalchisiga aylandi. Mavsum yakunlangach, Italiyaning „Sampdoriya“ klubiga yoʻl oldi. Italiya klubi bilan u deyarli barcha unvonlarni qoʻlga kiritgan: chempionat, Kubok va Superkubok. Kubok egalari kubogini ham qoʻlga kiritgan. 1991/92-yilgi mavsumda u soʻnggi yevrokubokda finalchi boʻlgan, oʻshanda jamoasi qoʻshimcha vaqtda 0:1 hisobida „Barselona“ga magʻlub boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirSloveniya U21 terma jamoasi
tahrir21 yoshigacha 1996-yildan 1997-yilgacha Sloveniya terma jamoasida murabbiy Drago Kostanshekning yordamchisi boʻlgan.
Goritsa (Nova Goritsa)
tahrir1997-yilning dekabrida ikki yarim yillik shartnoma imzolab, „Goritsa“ bosh murabbiyi boʻlgan.
Sloveniya terma jamoasi
tahrir1998-yilning iyul oyida Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi.
Sloveniya bilan Ukrainani pley-off bosqichida magʻlub qilgan. 2000-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi, bu mamlakatning yirik turnirdagi birinchi ishtiroki edi. Turnirda Sloveniya Yugoslaviya va Norvegiya bilan durang oʻynadi, biroq Ispaniyaga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqa olmadi.
Sloveniya terma jamoasi futbol boʻyicha 2002-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Ispaniya, Janubiy Afrika Respublikasi va Paragvayga guruhdagi uchta oʻyinda magʻlub boʻlgan. Katanets jahon chempionatidan soʻng faoliyatini yakunlagan.
Olimpiakos (Pirey)
tahrir2002-yil 2-noyabrda Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. Katanets qoʻl ostida „Olimpiakos“ kutilganidan ham yomonroq oʻynadi va 2003-yilning 7-fevralida klub uning shartnomasini bekor qildi. 2004-yilda Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod boʻlgan, biroq uning oʻrniga Zlatko Kranchar tanlangan.
Makedoniya terma jamoasi
tahrir2006-yilning 17-fevralida Yevro-2008 saralash bosqichi uchun Makedoniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi aralash natijalardan soʻng, jumladan Shotlandiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va Gollandiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Katanets 2009-yil 6-aprelda oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
BAA terma jamoasi
tahrir2009-yilning 23-iyunida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. 2011-yil 6-sentyabrda futbol boʻyicha 2014-yilgi jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ketma-ket ikkita magʻlubiyatdan soʻng ishdan boʻshatildi.
Sloveniya terma jamoasi
tahrir2012-yil 31-dekabrda Sloveniya futbol assotsiatsiyasining ikkinchi marta bosh murabbiy boʻlish taklifini qabul qildi va 2013-yil 4-yanvarda rasman tayinlandi[1][2]. 2017-yil oktabr oyida 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga[3] oʻta olmaganidan soʻng isteʼfoga chiqdi.
Iroq terma jamoasi
tahrir2018-yilning 4-sentyabrida uch yillik shartnoma asosida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[4]. Uning birinchi yirik musobaqasi 2019-yilgi Osiyo Kubogi boʻlib, unda Iroq boʻlajak chempion – Qatarga 0:1 hisobida magʻlub boʻlib, 1/8 finalga chiqdi.
Uning rahbarligida Iroq ham futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati saralash oʻyinlarida qoʻshni Eron ustidan 2:1 hisobida sezilarli gʻalabaga erishdi. Shundan soʻng, Iroq saralashning uchinchi bosqichiga yoʻl oldi. Ammo, olti oy davomida maoshi toʻlanmagani tufayli Katanes 2021-yilning iyul oyida murabbiylikdan ketgan[5].
Oʻzbekiston terma jamoasi
tahrir2021-yilning avgustida 4 yil muddatga Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi[6]. 2025-yil 22-yanvar kuni sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli bosh murabbiylikdan ketgan[7][8].
Yutuqlari
tahrir"Partizan"
- Yugoslaviya chempioni: 1986/87
"Sampdoriya"
- Italiya chempioni: 1990/91
- Italiya kubogi sohibi: 1993/94
- Italiya Superkubogi sohibi: 1991
- Gʻoliblar kubogi sohibi: 1989/90
Manbalar
tahrir- ↑ „Katanec pet pred dvanajsto "dahnil usodni da"“ (slovencha). RTV Slovenija. 2013-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Катанец вновь возглавил словенцев“ (ruscha). Football24.ua (1-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Катанец покинул сборную Словении“ (ruscha). Football24.ua (5-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Катанец возглавил сборную Ирака“.
- ↑ „Сречко Катанец может стать главным тренером сборной Узбекистана по футболу“.
- ↑ „Сречко Катанец возглавил сборную Узбекистана по футболу“ (ruscha). Gazeta.uz. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
- ↑ „Эшитдик-да! Сречко Катанец қандай касаллиги маълум“. championat.asia.
- ↑ „Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди“. championat.asia.