Srečko Katanec
Srechko Katanets (sloven. Srečko Katanec; 1963-yil 16-iyul, Lyublyana) — yugoslaviya va sloveniyalik futbolchi va murabbiy, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Srechko Katanets | ||
Tavallud sanasi | 16-iyul 1963-yil | ||
Tavallud joyi |
Lyublyana, SR Sloveniya, Yugoslaviya, CXC Qirolligi Sloveniya | ||
Boʻyi | 190 sm | ||
Ampluasi | Himoyachi, yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Oʻzbekiston | ||
Raqami | Bosh murabbiy | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1970–1981 | Lyublyana | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1981—1984 1985—1986 1986—1988 1988—1989 1989—1994 |
Olimpiya (Lyublyana) Dinamo (Zagreb) Partizan Shtutgart Sampdoriya |
(81 (10) 21 (3) 56 (10) 26 (1) 87 (12)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1983—1990 1994 |
Yugoslaviya Sloveniya |
(31 (5) 5 (1)) | |
Boshqargan klublari | |||
1996—1998 1998 1998—2002 2003 2006—2009 2009—2011 2013—2017 2018—2021 2021—h. v. |
Sloveniya (21 yoshgacha) Goritsa Sloveniya Olimpiakos (Pirey) Makedoniya BAA Sloveniya Iroq Oʻzbekiston | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai hol
tahrirFutbolchi faoliyati
tahrirFaoliyatini Lyublyana klubida boshlagan. 1981—1988-yillarda Yugoslaviyaning „Olimpiya“, Zagrebning „Dinamo“ va „Partizan“ klublarida oʻynagan. 1988-yilda u Gʻarbiy Germaniyaning Shtutgartiga koʻchib oʻtdi, u yerda bir mavsum oʻtkazdi va UEFA kubogi finalchisiga aylandi. Mavsum yakunlangach, Italiyaning „Sampdoriya“ klubiga yoʻl oldi. Italiya klubi bilan u deyarli barcha unvonlarni qoʻlga kiritgan: chempionat, Kubok va Superkubok. Kubok egalari kubogini ham qoʻlga kiritgan. 1991/92-yilgi mavsumda u soʻnggi yevrokubokda finalchi boʻlgan, oʻshanda jamoasi qoʻshimcha vaqtda 0:1 hisobida „Barselona“ga magʻlub boʻlgan.
Trenerlik faoliyati
tahrirSloveniya terma jamoasi (21 yoshgacha)
tahrir21 yoshigacha 1996-yildan 1997-yilgacha u Sloveniya terma jamoasida murabbiy Drago Kostanshekning yordamchisi boʻlgan.
Goritsa (Nova Goritsa)
tahrir1997-yilning dekabrida u ikki yarim yillik shartnoma imzolab, „Goritsa“ bosh murabbiyi boʻlgan.
Sloveniya terma jamoasi
tahrir1998-yilning iyul oyida u Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi.
Sloveniya bilan Ukrainani pley-offda magʻlub qilganidan soʻng 2000-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi, bu mamlakatning yirik turnirdagi birinchi ishtiroki edi. Turnirda Sloveniya Yugoslaviya va Norvegiya bilan durang oʻynadi, biroq Ispaniyaga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqa olmadi.
Shuningdek, Sloveniya terma jamoasi 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan, u yerda Ispaniya, Janubiy Afrika va Paragvayga guruhdagi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻlgan. Natijada Katanets jahon chempionatidan soʻng darhol faoliyatini yakunlagan.
Olimpiakos (Pirey)
tahrir2002-yil 2-noyabrda Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. Katanets qoʻl ostida „Olimpiakos“ kutilganidan ham yomonroq oʻynadi va 2003-yilning 7-fevralida klub uning shartnomasini bekor qildi. 2004-yilda Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod boʻlgan, biroq uning oʻrniga Zlatko Kranchar tanlangan.
Makedoniya terma jamoasi
tahrir2006-yilning 17-fevralida Yevro-2008 saralash bosqichi uchun Makedoniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi aralash natijalardan soʻng, jumladan Shotlandiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va Gollandiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Katanets 2009-yil 6-aprelda oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
BAA terma jamoasi
tahrir2009-yilning 23-iyunida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. 2011-yil 6-sentabrda FIFA Jahon chempionati-2014 saralashining uchinchi bosqichida ketma-ket ikkita magʻlubiyatdan soʻng ishdan boʻshatildi.
Sloveniya terma jamoasi
tahrir2012-yil 31-dekabrda Sloveniya futbol assotsiatsiyasining ikkinchi marta bosh murabbiy boʻlish taklifini qabul qildi va 2013-yil 4-yanvarda rasman tayinlandi[1][2]. 2017-yil oktabr oyida 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga[3] oʻta olmaganidan soʻng iste’foga chiqdi.
Iroq terma jamoasi
tahrir2018-yilning 4-sentabrida uch yillik shartnoma asosida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[4]. Uning birinchi yirik musobaqasi 2019-yilgi Osiyo Kubogi boʻlib, unda Iroq boʻlajak chempion Qatarga 0:1 hisobida magʻlub boʻlib, 1/8 finalga chiqdi.
Uning rahbarligida Iroq ham Jahon chempionati-2022 saralash oʻyinlarida qoʻshni Eron ustidan 2:1 hisobida sezilarli gʻalabaga erishdi. Shundan soʻng, Iroq saralashning uchinchi bosqichiga yoʻl oldi. Ammo, federatsiya bilan kelishmovchilik tufayli (olti oy davomida maoshi toʻlanmagan) Katanets 2021-yilning iyul oyida murabbiylikdan ketgan[5].
Oʻzbekiston terma jamoasi
tahrir2021-yilning avgustida esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi. Shartnoma 2025-yilgacha tuzilgan[6].
Yutuqlari
tahrir„Partizan“
- Yugoslaviya chempioni: 1986/87
„Sampdoriya“
- Italiya chempioni: 1990/91
- Italiya kubogi sohibi: 1993/94
- Italiya Superkubogi sohibi: 1991
- Gʻoliblar kubogi sohibi: 1989/90
Manbalar
tahrir- ↑ „Katanec pet pred dvanajsto "dahnil usodni da"“ (slovencha). RTV Slovenija. 2013-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Катанец вновь возглавил словенцев“ (ruscha). Football24.ua (1-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Катанец покинул сборную Словении“ (ruscha). Football24.ua (5-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Катанец возглавил сборную Ирака“.
- ↑ „Сречко Катанец может стать главным тренером сборной Узбекистана по футболу“.
- ↑ „Сречко Катанец возглавил сборную Узбекистана по футболу“ (ruscha). Gazeta.uz. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.