Ssintillyasion hisoblagich
si — yadro nurlanishlari va elementar zarralar (proton, neytron, elektron, ukvant, mezon va boshqalar)ni qayd qiladigan asbob. Ionlashtiruvchi nurlanish taʼsirida lyuminessensiya hosil qiladigan modda — ssintillyator, yorugʻlik chaqnashini elektr toki impulsiga aylantirib beruvchi asbob — fotoelektron koʻpaytirgich va shu impulyelarni qayd qiluvchi elektron tizimdan iborat.
Ssintillyasion hisoblagichda zaryadlangan zarralar ssintillyatordan oʻtib, uning atom va molekulalarini ionlash bilan birga, ularni uygʻotadi. Atomlar uygʻonmagan (dastlabki) holatiga oʻtganda ular fotonlar chiqaradi. Fotonlar fotoelektron koʻpaytirgich katodiga tushib, bu yerdan elektronlarni urib chiqaradi, natijada koʻpaytirgich anodida elektr impulsi hosil boʻladi, orta boradi va qayd qilinadi.
Ssintillyator vazifasini turli (qattiq, suyuq va gazsimon) moddalar bajarishi mumkin. ukvantlarni qayd qilishda noorganik kristallar — Nal (Tl), Csl (T1), katta oqimli zarralarni qayd qilishda esa organik ssintillyatorlar ishlatiladi. Suyuq ssintillyatorlar bilan antineytrino va sekin neytronlar qayd qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |