Stadion Georgi Benkovski (bolgarcha: Стадион "Георги Бенковски") — Bolgariyaning Pazardjik shahridagi stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va „Xebar Pazardjik“ klubining uy maydoni hisoblanadi. Stadion 13 mingga yaqin odamni sigʻdira oladi.

Stadion Georgiy Benkovski
Joyi Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Pazardzhik
Qachon ochilgan 1989
Qachon kengaytirilgan 2021
Hajmi 13,128

Tarixi

tahrir

Qayta tamirlash 1989-yilda yakunlandi. Oʻshanda u „Septemvri“ stadioni deb atalgan va 12 000 tomoshabinga moʻljallangan edi. Oʻsha yilning 26-mart kuni „Xebar“ — „Yantra“ 1:0 uchrashuvi orqali stadion ochilgan va oʻsha oʻyinga 15 000 tomoshabin tashrif buyurgan. 1991-yil 30- iyulda stadion „Georgiy Benkovski“ nomiga oʻzgartirildi va uning nomi hozirgacha saqlanib kelmoqda. Bu „Xebar“ klubining hozirgi stadioni. Stadionda zamonaviy kiyim almashtirish xonalari, matbuot anjumanlari zali, jurnalistlar va mehmonlar uchun ikkita yopiq o‘rindiq, hakamlar xonasi mavjud bo‘lib, futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun barcha talablarga javob beradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Стадион“ (bg-BG). hebarfc.com (2016-yil 4-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.