Stanislao Cannizzaro (1826.13.7, Palermo — 1910.10.5, Rim) — italiyalik kimyogar. Atom-molekulyar nazariyaning asoschilaridan biri. Aleksandriya Milliy kolleji (1851-55), Genuez (1856-61), Palermo (1861-71), Rim (1871-1910) universitetlari professor Benzaldegidga oʻyuvchi kaliyning taʼsirini oʻrganish natijasida benzil spirtini va aromatik aldegidlarningoksidlanishqaytarilishli disproporsiyalanishi yoki ishqoriy muhitda bir molekula aldegidning qaytarilishi hisobiga boshqa bir molekula aldegidning oksidlanishini (qarang Kannitssaro reaksiyasi) kashf qilgan (1853). Ingliz kimyogari va fizigi J. Dalton va A. Avogadroyaan to fransuz kimyogarlari Sh.F.Jerar va O. Lorangacha boʻlgan atom-molekulyar taʼlimotning rivojlanishini taxlil qilib, atom massalarining ratsional sistemasini taklif qilgan (1858). Elementlar, jumladan, metallar atom massalarining aniq qiymatlarini topgan; Avogadro qonuni asosida "atom", "molekula" va "ekvivalent" tushunchalariga aniq izoh bergan (1860).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil