Stanislav Antonovich Ivanovskiy (1893-yil 28-noyabr, Vitebsk viloyati, Drissenskiy tumani, Kevral qishlogʻi – 1975-yil 31-yanvar, Toshkent) – sovet harbiy rahbari, general-mayor (1940-yil 4-iyun[1]).

Stanislav Antonovich Ivanovskiy
Tavalludi 28-noyabr 1893-yil
Rossiya imperiyasi
Vafoti 31-yanvar 1975-yil
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Qoʻshin turlari Пехота
Xizmatdagi yillari 19141915, 19181938 19391954

Tarjimai holi

tahrir

Stanislav Antonovich Ivanovskiy 1893-yil 28-noyabrda Vitebsk viloyati, Drissenskiy tumani, Kevrali qishlogʻida tavallud topgan.

1907-yilning kuzidan 2-Riga stansiyasi deposida mexanik, yoʻl taʼmirlash boʻyicha ishchi, qozonxonachi, oʻt oʻchiruvchi va haydovchi yordamchisi boʻlib ishlagan[2].

Harbiy xizmati

tahrir

Stanislav 1914-yil oktyabr oyida Rossiya imperatorlik armiyasi safiga chaqirildi va Kanskda (Yenisey viloyati) joylashgan 16-Sibir zaxira miltiq batalyoniga yuborildi. Oʻquv guruhini tugatgandan soʻng, oʻsha yilning dekabr oyida Sibir 32-piyoda polkida xizmat qildi. Ivanovskiy Gʻarbiy frontdagi jangovar harakatlarda qatnashgan va qahramonligi uchun katta unter-ofitser unvoniga sazovor boʻlgan. 1915-yil may oyida Grodno qal’asida ogʻir jarohat olganidan soʻng, qoʻlga olindi. U Bütow va Gdańsk lagerlarida saqlangan. 1916-yil avgustda qochishga muvaffaq boʻldi, lekin Kaunas hududida hibsga olindi, va yana lagerga qaytarildi.

Urushdan keyingi karyerasi

tahrir

Ivanovskiy 1945-yil may oyida tuzalib ketganidan soʻng, 159-chi hududga (Lvov harbiy okrugi) komendant lavozimiga, 1946-yil may oyida Drogobichskiy oʻqituvchilar institutining harbiy kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. 1947-yil aprel oyida Oʻzbekiston Davlat universiteti harbiy kafedrasi mudiri boʻlib, 1951-yil fevraldan esa Toshkent viloyati harbiy komissarligining harbiy komissar boʻlib faoliyat olib borgan.

General-mayor Stanislav Antonovich Ivanovskiy 1954-yil mart oyida zaxiraga olingan. 1975-yil 31-yanvarda Toshkentda vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Stanislav Antonovich 1945-yil 30-aprelda Lenin ordeni bilan, 1944–1945–1949-yillarda uch marta Qizil Bayroq ordeni bilan va 1944-yil Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir