KRAMER (Kreymer) (lot. Kramer) Stenli (1913.29.9, Nyu-York) — amerika kinorejissyori, prodyuser. Amerika kinosi progressiv yoʻnalishi vakili. Siyosiy ochiq va dolzarb ijtimoiy mavzudagi oʻtkir syujetli filmlari bilan shuhrat qozondi. Eng yaxshi filmlari: "Egilmagan boshlar", "Soʻnggi sohilda", "Nyurnberg protsessi", "Bu telba, telba, telba, dunyo", "Ahmoqlar qayigʻi", "Yugurib ketayotgan qoqiladi" va boshqa K. ishlari professionalizm jihatidan dadilligi va anʼanaviy dramaturgiya hamda janr sxemalariga sodiq qolishi bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil