Starkrimson
Starkrimson — kechpishar olma navi. 1952-yilda AQSH da Stark Delisheye navining kurtak mutatsiyasi tarzida ajratib olingan. Daraxti kuchsiz oʻsadi, shoxlari sust rivojlanishi bilan boshqa olma navlaridan farq qiladi. Asosiy shoxchalari zich, novdalari kalta va yoʻgʻon, sargʻimtirkoʻkish. Koʻchati ekilgandan soʻng 3yili hosilga kiradi. Golden Dilishes, Jonatan, Renet, Simirenko, King Devid kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi chiroyli, shakli choʻziqkonussimon. Poʻsti tigʻiz, usti mumgʻubor bilan qoplangan. Sirti toʻq qizil, yirik nuqtalari bor. Eti sargʻimtiroq, karsildoq, nafis, sersuv, shirinnordon, xushboʻy mazali. Mevasi avgust oxiri — sentabr boshlarida terib olinadi, yanvargacha saqlash mumkin. Asosan, togʻ oddi zonalarida yetishtiriladi. Kasalliklardan kam zararlanadi. 1993-yildan Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |