Vladimir Steklov
(Steklov Vladimir Andreyevichdan yoʻnaltirildi)
Steklov Vladimir Andreyevich [1863.28.12, Gorkiy (hozirgi Nijniy Novgorod) — 1926.30.5, Qrim; Sankt-Peterburgda dafn etilgan] — rus matematigi. Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1912) vitseprezidenti (1919—26), N. A. Dobrolyubovning jiyani.
Ilmiy ishlarining asosiy qismi aniq matematik usullarni tabiatshunoslikka qullashga, matematik fizikaning chegaraviy masalalariga bagʻishlangan. Potensiallar nazariyasiga, Gilbert fazosi tushunchasiga katta ahamiyat berdi. Soha chegarasida nolga aylanuvchi funksiyalar uchun aniq konstantal Puankare tengsizligi tipidagi funksional tengsizlik kiritdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |