Steno qonuni
Steno qonuni — kristallarning doimiyligi haqidagi qonun; 1669-yil daniyalik tabiatshunos N. Steno tomonidan aniklangan. Unga koʻra, muayyan temperatura va bosimda, biror modda barcha kristallarining 2 qirrali burchaklari, ularga muvofiq boʻlgan kristallarning burchaklari bilan (oʻlchami va qirralarining shaklidan qatʼi nazar) bir xil boʻladi. Steno tabiiy kristallarning koʻp qirrali shakllarini kuzatishi mobaynida, koʻp qirrali kristallarning qirralari kristall panjaradagi yassi atom toʻrlariga muvofiq boʻladi deb qisoblaydi. U kvars, gematit, pirit va olmos kristallari oʻsishining oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida yozgan. Steno qonuni kristall moddalarning tasnifi va ularni aniklash (burchaklarni goniometr yordamida oʻlchash)ga asoslangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |