Stephen Herrero
Stephen Herrero — Kanadalik professor, Calgari universitetining ekologiya boʻyicha faxriy professori hisoblanadi. U „Bear Attacks: Their Causes and Avoidance (Ayiq hujumlari: ularning sabablari va oldini olish)“ kitobining muallifi boʻlib, ushbu mavzu boʻyicha yozilgan kitoblar orasida uning kitobi tanqidchilar tomonidan „avtoritetli“ va „oʻqilishi lozim“ deya taʼriflangan[1][2].
Stephen Herrero | |
---|---|
Tavalludi |
1939-yil San Francisco, California |
Istiqomat joylari | Calgary, Alberta |
Sohasi | Hayvonlarni o'rganuvchi olim |
Ish joylari | Calgary universiteti |
Taʼlimi | California universiteti, Berkeley |
Mashhur ishlari | Ayiqlar xulq-atvori tadqiqotchisi |
Faoliyati
tahrirStephan Herrero 1939-yilda San-Fransiscoda tugʻilgan va Berkeley shahridagi Kaliforniya universiteti hayvonlarning xulq-atvori va ekologiyasini tadqiq etish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritgan[1]. U AQShdagi qishloq xoʻjaligini haddan tashqari kuchli rivojlanishi va buning oqibatida yovvoyi hayvonlarning zara koʻrishi, ayrimlarining butkul yoʻq boʻlib ketishi va Vetnam urushi davomida koʻplab tabiat resurslarining nobud qilinishiga qarshilik koʻrsatishlarining javobsiz qolishidan hafsalasi pir boʻlgach keyin Kanadaning Alberta shahriga koʻchib oʻtgan[1].
Calgari universiteti professori sifatida faoliatini boshlagan Stephan Herrero, oʻzining ayiqlar hujumi boʻyicha tadqiqotlarini amalga oshirdi va ularning deyarli barchasi ijobiy natija koʻrsatdi; bu ayiqlar xavfsizligi boʻyicha yangi siyosiy qonunlarni ishlab chiqishga yordam berdi, mazkur qarorlarda asosiy eʼtibor ayiqlarni saqlab qolishga qaratilgan edi[1]. Stephen Herrero ayiqlar hujumi va ulardan himoyalanish boʻyicha koʻplab ishlar va tadqiqotlarni amalga oshirgan, jumladan, ayiqlardan himoylanish boʻyicha video-roliklar tayyorlagan va ayiq hujumlari bilan bogʻliq sud jarayonlarida guvohlik bergan[3][4][5].
Stephan Herero 1978-yilda Milliy kino kengashining „Bears and Man (Ayiqlar va odam)“ hujjatli filmida maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Bergman. „Born to Be High and Wild“. Maclean's. 2011-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
- ↑ Fraser. „You Are in Bear Country“. Outside. 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
- ↑ Baker, Deborah. „Neighbors Mourn Victim of Rare Bear Attack“. The Los Angeles Times (2001-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2008-yil 20-oktyabr.
- ↑ Kirkby, Bruce. „Exploring the wild frontier of Jumbo Valley, B.C.“. The Globe and Mail (2011-yil 18-fevral). Qaraldi: 2011-yil 22-fevral.
- ↑ Belluck, Pam. „Study of Black Bears Finds It's Not the Mamas That Should Be Feared the Most“. The New York Times (2011-yil 11-may). Qaraldi: 2011-yil 11-may.
- ↑ Colpitts, George „Films, Tourists, and Bears in the National Parks: Managing Park Use and the Problematic ‘Highway Bum’ Bear“, . A Century of Parks Canada, 1911-2011 Claire Elizabeth Campbell: . Calgary: University of Calgary Press, 2011 — 168-bet. ISBN 9781552385265. (Wayback Machine saytida 2016-07-19 sanasida arxivlangan)