Sterinlar
Sterinlar, sterollar — steroidlar sinfiga mansub siklik spirtlar. Koʻpchilik S. — optik faol kristall moddalar, ular organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Mikroorganizmlar, oʻsimlik va hayvonlardagi S.ning umumiy oʻtmishdoshi skvalen uglevodorodidir, u siklik lanosterin (S30N50O)ga yoki uning izomeri sikloartenolga aylanadi, keyinchalik bulardan tarkibida 27—29 uglerod atomi boʻlgan turlicha S. hosil boʻladi. Hayvon S.ining eng muximi — xolesterin; zamburuglarda, jumladan, hamirturushda koʻplab uchraydigan — ergosterin, oʻsimliklardagi koʻpchilik S. guruxlari (fitosterinlar) ichida eng koʻp uchraydigan rsitosterin va stigm asteri ndir. S. yuqori tuzilgan hayvonlarning nerv toʻqimalari, jigari, sperma toʻqimalarida boʻladi; ular yuqori yogʻ kislotalari bilan murakkab efirlar hosil qiladi. S. oʻsimliklarda erkin holda yoki yog kislotalari bilan (steridlar), uglevodlar bilan (fitosterolinlar) yoxud ikkalasi bilan birikkan holda boʻladi.
S. tabiiy lipidlardan ishqoriy sovunlab olinadi. Steroid S. sirka kislotadan biosintezlab hosil qilinadi, asosan, gormonal preparatlarni sintezlahda xom ashyo sifatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |