Stirling janggi
Stirling koʻprigi bo‘yidagi jang (shotlandcha: Blàr Drochaid Shruighlea) — Shotlandiya mustaqilligi uchun birinchi urush. 1297-yil 11-sentyabrda Endryu Moray va Uilyam Uolles qoʻshinlari Fort daryosi boʻyida Stirling yaqinida Surreyning 6-grafi Jon de Varn va Xyu de Kressingemning birlashgan ingliz qoʻshinlarini magʻlub etdi.
Stirling bo'yidagi jang | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shotlandlarning mustaqillik uchun birinchi janggi | |||||||||
| |||||||||
Raqiblar | |||||||||
Shotlandiya qirolligi | Angliya qirolligi | ||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
Uilyam Uolles
Endryu Moray |
Surrey grafi Jon de Varn
Krissingem | ||||||||
Kuchlar | |||||||||
5300 dan 6300 gacha askar
|
9000 askar
| ||||||||
Yoʻqotishlar | |||||||||
noma'lum | 100 otliq, 5000 piyoda o'ldirilgan |
Foni
tahrir1296-yilda 6-surrey grafi Jon de Varen Dunbar jangida Buchan grafi Jon Komini magʻlub etdi. Shotlandiya qiroli Jon Balliol 10-iyul kuni Brechinda Angliya qiroli Edvard I ga taslim boʻldi va Shotlandiya yer egalari Edvardning hukmronligini tan olishga majbur boʻldi. 1297-yilda Endryu Moray Shimoliy Shotlandiyada qoʻzgʻolon koʻtardi va yoz oxirida Urkxart, Inverness, Elgin, Banff va Aberdinni bosib oldi. Uilyam Uolles sentyabr oyida Dandi yaqinida Morayga qoʻshildi va ular birgalikda Stirlingga yurishdi. Stirling, Styuart Rid taʼbiri bilan aytganda, „anʼanaviy ravishda Shotlandiyaning kaliti sifatida qabul qilingan“. Shu bilan birga, Surrey iyul oyida Kressingemga qoʻshildi va ikkalasi ham 1297-yil 9-sentyabrda Stirlingga etib kelishdi. Oʻsha paytga kelib, Moray va Uolles allaqachon Abbey Kreygni egallab olishgan edi.[1]
Asosiy kurash
tahrirSurrey Stirling qal’asi yaqinidagi Forth daryosi ustidagi tor yoʻlakli yogʻoch koʻprik ustida to‘xtadi. U qarshisidagi shotlandlardan xavotirda edi. Agar u oʻzining asosiy qo‘shinini u yerdan olib oʻtmoqchi boʻlsa, taktik jihatdan noqulay ahvolga tushib qolishini aniqlab, muzokaralar oʻtkazish va hududni razvedka qilish uchun koʻprikdan oʻtishni bir necha kunga kechiktirdi[2]. 11-sentabrda Surrey grafi Jon de VarnJeyms Styuartni, keyin esa dominikalik ikki rohibni shotlandlarga elchi sifatida yubordi. Guisborolik Uolterning soʻzlariga koʻra, Uolles: „Biz bu yerga tinchlik oʻrnatish uchun emas, balki oʻzimizni himoya qilish va qirolligimizni ozod qilish uchun jang qilish uchun kelganmiz. Ular kelsinlar va biz buni isbotlaymiz“ deb javob bergan. Abbey Kreygda lager qurgan shotlandlar daryoning shimolidagi yumshoq tekislikni egallashgan edi. Ingliz, uels va shotland ritsarlari, kamonchilari va piyoda askarlaridan iborat ingliz qoʻshinlari daryoning janubida qarorgoh qurishdi[1][3]. Irvinning taslim boʻlishidan keyin inglizlar safiga qoʻshilgan shotlandiyalik ritsar Richard Lundi ikki mil yuqoriroqdan daryoni kechib o‘tishni u yerdan bir vaqtning oʻzida oltmishta otliq oʻtishi mumkinligini va otliq qoʻshinni boshqarib, dushmanni chetlab oʻtishni taklif qildi. Lekin Shotlandiyadagi qirol Edvardning gʻaznachisi Xyu de Kressingem grafni bu maslahatini rad etishga va koʻprik orqali toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilishga buyruq berishga koʻndirgan. Ko‘rinishidan kichkina koʻprik ko‘rinsada, u yetarlicha keng edi. Undan ikki otliq va yonidan piyoda jangchilarning bir qanchasi oʻtishi mumkin edi, lekin daryodan eng xavfsiz oʻtish yoʻlini topish zarur edi. Daryo sharqqa tomon kengayib ketgan va osti botqoqliklardan iborat edi. Kressingem boshchiligidagi ingliz ritsarlar va piyoda askarlari ser Marmaduke de Tveng va ser Richard Valdegrave hamrohligida 11-sentyabr kuni ertalab koʻprikdan oʻtishni sekin-asta boshlab yuborishdi[4] .
Shotlandlar bo‘lsa bu vaziyatda shunchaki kutishni ma‘qul ko‘rishdi. Butun ingliz armiyasi Stirling ko‘prigi ustidan daryoni kechib oʻtishi uchun bir necha soat kerak boʻlardi.
Xemingburg qoldirgan maʼlumotlarga koʻra, Uolles va Moray „dushmanlarning koʻpchiligini yengib oʻtishlari mumkinligiga ishonganlaricha“ kelishini kutishdi. Qoʻshinlarning katta qismi (ehtimol 2000 ga yaqin bo‘lishi mumkin) oʻtib ketgach, shotland qo‘shinlariga hujumga o‘tish uchun buyruq berildi. Shotlandiya nayzalari tezda yerdan baland ko‘tarilib, ingliz ogʻir otliq qoʻshinlarining hujumini toʻxtatdilar va keyin ingliz piyodalariga qarshi hujumga oʻtdilar. Ular koʻprikning sharqiy tomonida nazoratni qoʻlga olishdi va ingliz armiyasining ko‘prikdan oʻtish imkoniyatini toʻxtatdilar. Shotlandlarning hujumi natijasida bir necha yuz kishi daryoning narigi tomoniga suzib o‘tib qochib ketgan bo‘lishi mumkin. Marmaduke Tveng baʼzi odamlari bilan koʻprikdan orqaga qaytishga muvaffaq boʻldi.
Jang joyi hozir Uolles yodgorligi joylashgan Abbey Kreygdan koʻprikning shimoliy chekkasiga olib boruvchi tosh yoʻlning ikki tomonida edi. Jang maydoni tarixiy Shotlandiya tomonidan 2009-yilgi Shotlandiya tarixiy atrof-muhit siyosatiga muvofiq inventarizatsiya qilingan va himoyalangan[5]. Kichik kamonchilar kontingenti bilan qolgan Jon de Varn daryoning janubi turib kuzatar va hali ham kuchli himoyada edi. Uning armiyasini asosiy qismi saqlanib qoldi. Surrey grafi shotlandlarning janubga oʻtishini toʻxtatib, qo‘shin qatorini ushlab turishi mumkin edi, ammo uning jangda g‘alaba qilishiga ishonchi yoʻqoldi[6]. Ser Marmaduke Tveng qochib ketgandan soʻng, Jon de Varn koʻprikni vayron qilishni buyurdi. O‘zi esa Bervik tomon chekindi. Stirling qal’asidagi garnizonni izolyatsiya qildi va pasttekislikni isyonchilarga qoldirdi. Jon de Varn armiyasining bir qismi boʻlgan Jeyms Styuart va Lennoks grafi Malkolm, Shotlandiya hujumi, ularning kuchlari, shuningdek, koʻprikning shimolidagi qirgʻinni kuzatgan holda, ishtiyoqlari so‘nib, ular ham orqaga chekinishdi. Shundan keyin ingliz taʼminot zanjiri (oʻrmonli hududda joylashgan) Povsda Shotlandiya lordlari tomonidan hujumga uchradi va koʻplab askarlar oʻldirildi[7]. Oʻsha davrdagi Stirling koʻprigi hozirgi daryoni kesib oʻtuvchi XV asrga oid tosh koʻprikdan taxminan 180 yard yuqorida joylashgan deb ishoniladi. Shimolda (56°07’45" shim. 3°56’12" gʻarb) koʻprikka burchak ostida joylashgan toʻrtta tosh ustunlar, shuningdek, bir qirgʻoqda sunʼiy toshdan qilingan ustunlar topilgan.
Oqibatlari
tahrirSer Marmaduke Tvenni Stirling qal’asiga mas’ul qilib qoldirdi, chunki Jon de Varn qoʻshinini tashlab, Bervik tomon qochib ketdi. Zamonaviy ingliz yilnomachisi Uolter Gisboro jangdagi inglizlarning yoʻqotishlarini 100 otliq va 5000 piyoda askarlari halok boʻlganini qayd etgan. Jangda Shotlandiya qurbonlari qayd etilmagan, jang paytida og‘ir darajada yaralangan va o‘sha yilning noyabrida vafot etgan Endryu Moray bundan mustasno. Lanerkost Xroniklda yozilishicha, Uolles jangda magʻlubiyatga uchragan Kressingemni terisini shildirib qilichi uchun keng tasma yasattirgan. Buning uchun esa uning boshidan to tovoniga qadar terisi shilib olingan[8]. Shotlandiya qo‘shinlari janubda Angliyaning Durham shahrigacha bostirib kirishdi. Uolles „Shotlandiya qirolligining qoʻriqchisi va armiyasining qoʻmondoni“ etib tayinlandi. Shunga qaramay, Angliya qiroli Edvard I allaqachon Falkirk jangiga olib keladigan Shotlandiyaga yana bir bosqinni rejalashtirayotgan edi.
Madaniyatda
tahrirUollesning jangnomalari avlodlarga asosan shoir Blind Garri, Minstrel (vaf. 1492) tomonidan toʻplangan va hikoya qilingan ertaklar shaklida oʻtgan. Blind Garri oʻzining 1470-yilda „Mashhur va jasur ritsar ser Uilyam Uollesning xatti-harakatlari va ishlari“ kitobida tasvirlangan voqealar haqiqiy hayotdan taxminan 200 yil oʻtgach yozilgan. Ertaklar Jeyms IV (1488-1513-yillar hukmronligi) saroyida koʻngil ochish uchun moʻljallangan boʻlib, ular, shubhasiz, haqiqat va fantastika aralashmasidir. Koʻpgina epizodlari to‘qimadir. Mana uning tavsifi: Shanba kuni ular (Moray va Uolles) Stirlingga yo‘l olishdi. Yaxshi tekis taxtadan yasalgan, birlashtirilgan koʻprikni koʻzdan kechirishdi. U (Uollas) qo‘l ostidagi eng qobiliyatli ishchi boʻlgan Raytni olib, unga ko‘prikdan qo‘shin o‘tolmaydigan darajada zarar yetkazishni topshirdi. Buning uchun oʻrta koʻchada (oʻrtadagi) taxtani ikkiga boʻlishni buyurdi. Keyin hech narsa qilinmagandek koʻrinishi uchun uni ilgaklar bilan tezda mixladi va ustidan loy surib qo‘ydi. Ikkinchi uchini esa uchta yogʻoch rolik ustiga qoʻydi, ular shunday joylashtirilganki, biri chiqib ketganda qolganlari yiqilib tushadi.
Xyu Kressingem o‘z qo‘l ostida boʻlgan yigirma ming kishi bilan avangardni boshqaradi. Uorren grafi oʻttiz mingga ega edi[9].
Ushbu ertaklarning taʼsirini shoir Robert Bernsning ular bir-biriga bogʻlanganidan taxminan uch asr oʻtib yozgan quyidagi bayonotidan bilib olish mumkin:
Men yolg‘iz o‘qigan va yana o‘qigan ikki kitobimdan ko‘ra ko‘proq zavq bag‘ishlagan ikkita birinchi kitobim „Gannibalning hayoti“ va „Ser Uilyam Uollesning tarixi“ Gilberfildlik Uilyam Hamiltonning „Blind Garri“ ning zamonaviylashtirilgan versiyasi edi. Gannibal mening yosh gʻoyalarimga shunday burilish berdiki, men askar boʻlishim uchun katta boʻlishni orzu qilardim; Uollesning hikoyasi mening tomirlarimga Shotlandiya xurofotini toʻkib yubordi va u hayotning toʻfon eshiklari abadiy oromgohda yopilguncha qaynab ketdi.
Stirling koʻprigi jangi 1995-yilda suratga olingan „Sheryurak“ filmida tasvirlangan, biroq u haqiqiy jangga deyarli oʻxshamaydi, koʻprik yoʻq (koʻprik atrofida suratga olish qiyinligi tufayli) va taktikasi Bannokbern jangiga oʻxshaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Reid, Stuart. Battles of the Scottish Lowlands. Barnsley: Pen & Sword Books Limited, 2004 — 13–19-bet. ISBN 9781844150786.
- ↑ „"The Battle of Stirling Bridge, 1297", Scotland's History, BBC“.
- ↑ „lundie.org“.
- ↑ „"Battle of Stirling Bridge", UK Battlefields Resource Centre“.
- ↑ https://www.battlefieldstrust.com/resource-centre/medieval/battleview.asp?BattleFieldId=71
- ↑ https://web.archive.org/web/20150716105235/http://my.stirling.gov.uk/services/community-life-and-leisure/local-history-and-heritage/local-history/the-wars/the-wars-stirling-bridge?theme=MyStirling
- ↑ https://portal.historicenvironment.scot/designation/BTL28
- ↑ https://archive.org/details/chronicleoflaner02maxw/page/164/mode/2up?q=cressingham
- ↑ Grant, James. British Battles on Land and Sea. Cassell Petter & Galpin, 1873 — 31-bet.