Stratosfera
Stratosfera (lotincha: stratum — qatlam va yun. sphaira — shar) — troposfera ustida yuqori kengliklarda 8– 10 km, ekvator yaqinida esa 16—18 dan to 50–55 km balandliklargacha boʻlgan oraliqda joylashgan, temperaturasi —40° (—80°)dan to 0° gacha ortadigan atmosfera qatlami. Stratosfera qatlamining quyi chegarasi — tropopauza geografik kenglik, yil vaqti va siklon faoliyatiga qarab oʻzgaradi. Odatda, tropopauzadan 24–25 km gacha quyi Stratosfera va qolgani yukori Stratosferaga ajratiladi. Quyi chegarasida oʻrtacha temperatura yil vaqti va kenglikka qarab —45° dan —75° gacha, yuqori chegarasida —20° dan Q20° gacha boʻlib, suv bugʻi miqdori juda oz boʻladi. Pekin 20–30 km balandlikda baʼzan sadafsimon bulut hosil boʻladi. U kunduzi deyarli koʻrinmaydi, kechasi quyosh nuri taʼsirida yaltirab koʻrinadi. Sadafsimon bulut, asosan, yaxlagan suv tomchilaridan iborat. Aerologiya va Yerning sunʼiy yoʻldoshlari yordamida Stratosfera oʻrganilgan. Stratosferada ham havo almashinishi boʻlib, temperatura va shamol tezligi oʻzgarib turadi. Shamolning maksimal tezligi Stratosferaning yuqori qismida juda katta (yezda 60—80 mGʻs; qishda 80—100 mGʻs gacha). Asosiy shamol gʻarb tomondan esib, 20 km balandlikda yoz vaqtlari oʻz yoʻnalishini sharqqa tomon oʻzgartiradi. Stratosferadagi doimiy gazlarning ulush miqdori troposferadagi singaridir. Biroq Stratosferada ozon, hatto mutlaq qiymatlarda troposferadagiga Karaganda koʻp boʻlib, uning asosiy miqdori 25–35 km balandliklar orasida toʻplangan. Stratosfera maʼlum darajada ozonosferat mos keladi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan qisqa toʻlqinli, ayniqsa, ultrabinafsha nurlarni yutib qoladi, natijada havo temperaturasi ortadi. Stratosferadagi ozon qatlami ultrabinafsha nurlarni Yer sirtiga oʻtkazmaydi, aks holda Yerda hayot boʻlmas edi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |