Strixnin
Strixnin (Strychninum), C21H22N2O2 — kuchala urugidan olinadigan alkaloid. Mol. m. 334,42. Suyuqlanish temperaturasi 282°, qaynash temperaturasi 270°. 1818-yilda fransuz kimyogarlari P.J.Peltye va J. B.Kavantu kashf qilganlar. S.ning tuzilishini ingliz kimyogari R.Robinson 1946-yilda aniklagan, amerikalik kimyogar R.B.Vudvord 1954-yil S.ning toʻliq sintezini ishlab chiqqan. S. murakkab politsiklik birikmadir, zaharli; zararli hayvonlarni qirishda ishlatiladi. Tibbiyot amaliyotida S. nitrat qoʻllanadi. Markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, ayniqsa, orqa miya faoliyatini kuchaytiradi, katta dozalari tetanik talvasaga olib boradi; koʻrish, eshitish, taʼm bilish sezgilarini faollantiradi; tomirlarni harakatlantiruvchi markaz va nafas markazini qoʻzgʻatadi. Skelet muskullarini taranglashtiradi, parez va falajlarda nerv sistemasi funksiyasini normallashtiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |