Stupa (sanskritchachoʻqqi) — asosan, dumaloq yoki toʻrtburchak shaklda qurilib, diniy marosimlarga moʻljallangan buddaviy meʼmoriy inshoot. Tarixiy manbalarda qayd qilinishicha, Buddaning jasadi kuydirilib, kuli 8 boʻlakka boʻlinib, maxsus qurilgan S.larga qoʻyilgan. Ular Hindistonning 8 shaharida — Rojagrix, Vaysali, Kapilavastu, Allakap, Ramgaram, Vetxadip, Kushinagar va Pippalivan sh.larida bor. Keyinchalik S.ga yodgorlik sifatida Buddaning muqaddas deb sanalgan aʼzolari (sochi, tishi va boshqalar) solingan qutichalar joylashtirilgan. S.larning ichi boʻshliq emas, yaxlit tosh, ohaktosh, xom gʻisht, paxsadan tiklangan, shakli minorasimon, qoʻngʻiroqsimon yoki sharsimon boʻladi. 4—5 sm dan bir necha m gacha. Dunyodagi eng baland S. Myanmaning Yangon shahridagi Shvedagon (poydevori 20 m, bal. 99 m) — meʼmorlik obidasi hisoblanadi. S.ning atrofi oʻralib, 4 ta darvoza qurilgan. Buddizm tarqalgan mamlakatlarda S.lar "dagoba", "suburgon", "chorton", "pagoda" deb nomlangan. Oʻrta Osiyo hududidagi S.lar 14-asrlarga oid boʻlib, asosan, jan. hududda joylashgan. Oʻzbekistondagi Zurmala minorasi, Ayritom, Krratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa qamda Ajinatepa (Tojikiston), Marv (Turkmaniston) S.lari ilmiy oʻrganilgan. Bahodir Turgʻunov.