Suchjou
Suchjou, Usyan — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Tayxu koʻli yaqinida. Szyansu provinsiyasida. Aholisi 3,3 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Buyuk kanal boʻyidagi port. Intensiv qishloq xoʻjaligi. (sholi, bugʻdoy, pane yetishtirish, choy plantatsiyalari) rayoni markazi. Mamlakatning yirik ipak sanoati markazlaridan. Metallurgiya, kimyo, oynashisha, keramika, qogʻoz sanoati korxonalari bor. Kustar usulda eksport uchun badiiy kashta toʻqiladi. Shaharga mil.av. 5-asrda asos solingan. 3—16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Tarixiy yodgorlik, bogʻ va park koʻp.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |