Sud Yaren Uzunçavdar
Sude Yaren Uzunçavdar (2005-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) – turk taekvondochisi[1]
Sud Yaren Uzunçavdar | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
20-oktyabr 2005-yil Turkiya |
Boʻyi | 180 cm |
Vazni | 73 kg |
Sport | |
Mamlakat | Turkiya |
Qaysi sport | Taekvondo |
Klubi | Istanbul BB SK |
Murabbiy(lar)i | Ali Şahin |
Faoliyati
tahrirBolgariya poytaxti Sofiya shahrida Jahon taekvondo federatsiyasi (WT) tomonidan tashkil etilgan 2022-yili oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Sude Yaren Uzunçavdar finalda janubiy koreyalik Sugee Jungni magʻlub etib, jahon chempioni boʻlgan. Shuningdek, chempionatning eng yaxshi ayol sportchisi sifatida taqdirlangan[2].Konyadagi Selcuk universiteti 19 May sport zalida oʻtkazilgan 5-Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vaznda finalda Livanlik Selman Vardni magʻlub etib oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].
U Polshaning Krakov shahridagi „Krynica-Zdroj Arena“ stadionida boʻlib oʻtgan III Yevropa oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda vengriyalik raqibi Rebeka Furedini 16-raundda 2:0, fransuz Althea Laurini chorak finalda 2:0 hisobida va xorvatiyalik Nika Klepak esa yarim finalda 2:0 magʻlubiyatga uchratgan. Sportchi finalda serbiyalik raqibi Nadica Bozanichni ham 2:0 hisobida magʻlub etgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „TaekwondoData“. 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „Sude Yaren Uzunçavdar, Dünya şampiyonu - Spor Haberleri“ (2022-yil 7-avgust). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „Sude Yaren Uzunçavdar 2 turnuvada da şampiyon oldu!“. 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „2023 Avrupa Oyunları'nda Sude Yaren Uzunçavdar altın madalya kazandı!“. 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.