Sudan tillari
Sudan tillari — afrikashunoslikda 20-asrning 1-yarmida qoʻllangan va Sudan geografik mintaqasida — Sahroi Kabirning janubidagi hududdan gʻarbda, Gvineya qirgʻoqlaridan sharqda Efiopiya togʻliklarigacha tarqalgan tillarni belgilovchi tasnifiy termin. "St." termini 1905-yilda nemis tilshunosi K. Maynxof tomonidan taklif qilingan. U barcha afrika tillarini 4 genetik birikma tarzida guruxlashtirgan: hom tillari, St., bantu tillari va som tillari. St. tasnifi, tavsifi va qiyosiy oʻrganilishiga 1910—30 yillarda yana bir nemis olimi D. Vesterman katta hissa qoʻshadi. Uning tasnifida afrika tillari 3 yirik oilaga (koysan, negr va somhom tillari) boʻlinib, St. bantu va nilot tillari bilan birgalikda nef tillari oilasiga kiritiladi. St. tarkibida esa 4 yirik guruh: nigrit; mande tillari, turkumli tillar, ichki Sudan tillari ajratiladi. 20-asrning 2-yarmidagi izlanishlar, ayniqsa, amerikalik tilshunos J. Grinberg tasnifi Sudan tillarining Maynxof va Vesterman tomonidan amalga oshirilgan tasniflari nisbiy ekanligini, St. ga kiritilgan anchagina tillarning boshqa til oilalari va guruhlariga kirishini, shu jihatdan St. ni qayta guruxlash lozimligini koʻrsatdi. Eng keng tarqalgan St. — malinke va gambara, fula, akan, yoruba, igbo, edo va boshqa Xausa tili somhom timarita mansub boʻlsada, unga yonatrofdagi boshqa til guruxlari sezilarli taʼsir koʻrsatgan. "St." termini va tasnifi hanuz nisbiyligicha qolmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |