Suharto (Suharto) (1921.8.6, Kemusu, Jokyakarta yaqinida) — Indoneziya davlat arbobi, general. Indoneziya xalqining Gollandiya mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashida qatnashgan (19451949); Indoneziyaga tegishli Gʻarbiy Irianni ozod etish uchun tuzilgan qoʻshinlarga boshchilik qilgan (1962—63). S. zaxiradagi strategik piyoda qoʻshinlar qoʻmondoni (1963—1965), keyinchalik hokimiyatni harbiy guruhlar boshqargan paytda piyoda qoʻshinlar vaziri (1965-yil 30 sent.). 1966-yil martdan hokimiyat tepasida. Uning hukmronligi davri shafqatsiz qatag'onlar bilan xarakterlanadi - asosan sotsialistlar va ularning tarafdorlariga qarshi, shuningdek, bu narsalarda shunchaki gumon qilingan; turli hisob-kitoblarga ko'ra, uning qatag'onlari 500 mingdan 2 milliongacha odamning hayotiga zomin boʻlgan. 1997-yilda Osiyo bozorlaridagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Indoneziyaga katta zarar yetkazgan, mamlakatda siyosiy tanazzul yuz bergan (1998-yil may). S. isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan[1].

Manbalar

tahrir