Sukeban
Sukeban (yaponcha: スケバン/助番 ) yaponcha atama boʻlib, „qonunbuzar qiz“ degan maʼnoni anglatadi va yapon madaniyatidagi erkak banchoning ayol ekvivalenti hisoblanadi. Sukeban soʻzining ishlatilishi qizlar toʻdasining rahbariga yoki butun toʻdaning oʻziga tegishli boʻlib, qizlar toʻdasining biron bir aʼzosiga nisbatan ishlatilmaydi[1].
Qoʻllanilishi
tahrirSukeban soʻzi dastlab huquqbuzarlar tomonidan qoʻllangan, ammo 1972-yildan beri submadaniyatni tasvirlash uchun oddiy aholi tomonidan ham foydalanib kelinmoqda. Sukeban erkak toʻdalarining ayol aʼzolarini qabul qilishdan bosh tortishi natijasida tashkil topgan, shuning uchun bu atama yaʼkuza erkaklari hadlaridan oshgan bir paytda feminizmga jamoatchilik eʼtiborini qaratish uchun yaratilgan ommaviy harakatni anglatadi.
Manbalarga koʻra, ilk Sukeban jamoasi 1960-yillarda Yaponiyada paydo boʻlgan va oʻzlarini asosan erkaklardan iborat boʻlgan bancho toʻdalarining ayol ekvivalenti sifatida koʻrsatgan. 1970-yillarda, bancho toʻdalari yoʻq boʻla boshlaganda, sukeban qizlar toʻdalari soni orta boshladi. Guruhlar dastlab maktab hammomlarida sigaret chekayotgan qizlarning kichik guruhlaridan iborat boʻlgan, lekin oxir-oqibat ularning soni va jinoyatchilik darajasi tobora oshib bordi. Bu toʻdalar odatda zoʻravonlik va doʻkonlarni oʻgʻirlash bilan bogʻliq jinoyatlarni amalga oshirgan. Toʻdalar soni 80 ga yaqin qizlarni oʻz ichiga olgan Tokiodagi „Birlashgan doʻkon oʻgʻirlari“ guruhidan tortib, 20 000 ga yaqin aʼzolari boʻlgan Kanto ayollar alyansigacha rivojlanib borgan[2][3]. Yaponiyadagi qizlar toʻdalarining jinoiy faoliyati va zoʻravonligi shu qadar yuqori boʻlganki, 1980-yillarda yapon politsiyasi risolalarida ularni aniqlash uchun eskizlar ishlatilgan, ularning modasi „qoʻlga olish alomatlari“ sifatida tasvirlangan[4].
Xususiyatlari
tahrirTashqi koʻrinish va boshqa belgilar
tahrirSukeban umumiy belgilariga yorqin boʻyalgan (och jigarrang yoki sargʻish) va perm (toʻlqinsimon soch turmagi) soch turmagi misol boʻladi[5]. Sukeban aʼzolari ham rangli paypoq kiyib olgan, yenglarini shimarib, baʼzan toʻdaga aloqador belgilar, kanji yoki shiorlar bilan bezatilgan yubkalarini uzunroq tarzda kiyib maktab formasini oʻzgartirgan holda boʻladilar[5]. Uzun yubkalar 1960-yillarda jinsiy inqilob davrida mashhur boʻlgan mini yubka mashhurligini inkor etish maqsadida tanlangan. Ularning etaklari uzun boʻlsa-da, sukeban koʻpincha oson harakatlanish maqsadida yubka oʻrtasini kesib tashlagan. Converse krossovkalari ham yana bir qoʻshimcha aksesuar boʻlib, ularning kiyimlarida koʻpincha qoʻlda ishlangan modifikatsiyalar, jumladan nishonlar va tugmalar joy olgan. Ular juda kam boʻyanishgan va nozik qoshlarnigina boʻyashlari mumkin boʻlgan. Bu xususiyatlarga qoʻshimcha ravishda, sukeban odatda niqoblar ham taqib yurgan[5]. Sukeban aʼzolari koʻpincha oʻzlari bilan etaklari ostiga yashirilishi mumkin boʻlgan ustara pichoqlari, bambukdan yasalgan qilich va zanjirlarni olib yurgan[6][7].
Xulq-atvor qoidalari va shunga oʻxshash munosabatlar
tahrirSukeban qizlari oʻz guruhlarida qatʼiy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishdi. Har bir toʻda ierarxiyaga, shuningdek, oʻziga xos jazo vositalariga ega edi; sigaretaning kuyishi, yoqtirgan yigitini oʻgʻirlash yoki jamoaning bosh aʼzosiga nisbatan hurmatsizlik qilganlar jazoga tortiladi. Sukeban narkotik moddalarni isteʼmol qilish, doʻkon oʻgʻirlash, oʻgʻirlik va zoʻravonlik kabi faoliyat bilan shugʻullangani haqida xabar berilgan, ammo jamoa aʼzolari hibsga olinsa, odatda „kichik qonunbuzarlik“ deya unchalik katta boʻlmagan jinoyatda ayblanishi mumkin boʻlgan[4][1]. Stimulants use often included sniffing paint thinner or glue.[3]
Ommaviy axborot vositalari va madaniy taʼsir
tahrir1970—1980-yillarda sukeban seinen mangasining mashhur qahramonlariga aylandi[4]. Sukeban qahramonlarini shōjō manga nashrlarida ham koʻrish mumkin edi. Sukeban Deka, Yajikita kolleji ertaklari va Hana no Asuka-gumi! lar shular jumlasidandir. Ular asosan sukeban aktyorlaridan iborat uchta mashhur shōjo guruhlardan tashkil topgan holda tasvirlanadi.
Pink film rejissyori Norifumi Suzuki yetti qismli "Boss Girl" filmida birinchi seriyasini Sukeban nomi ostida suratga olgan. U, shuningdek, sukeban qahramonlari ishtirokidagi toʻrtta qismli filmning „Terrifying Girls' High School“ nomli seriyasini (1971-1972) suratga ola boshladi. Ikkala serialda taniqli Pinky zoʻravon rolini aktrisalar Reiko Ike va Miki Sugimoto, shuningdek, sobiq goʻzallik malikasi Reiko Oshidamahoratli tarzda ijro etadi. 2005-yil 6-dekabrda Panik House kompaniyasi Sukeban filmlarini oʻrganuvchi toʻrt diskli hudud-1 DVD toʻplamini chiqardi. Ushbu filmlar urushdan keyingi Yaponiyada gender tenglik munosabatlarining anʼanaviy konstruktsiyalariga qarshi chiqish haqidagi holatlarni bayon etadi[8].
Yaponiyalik jinoyatchi yozuvchi Jake Adelstein sukeban haqida shunday deydi:[6]
Gʻayrioddiy jihati shundaki, yakuzada ayollar hokimiyatga ega emas va guruhning ayol aʼzolar deyarli yoʻq. Ayol toʻdalarining mavjudligi Yaponiyaning odatda erkaklar hukmron boʻlgan deviant madaniyatida kamdan-kam uchraydigan holatdir … dunyo feminizm va ozodlik haqida soʻzlar ekan, ehtimolki sukeban aʼzolari ayollarning ham xuddi shunday ahmoqona, behayo, xavf-xatarga intilish huquqiga ega ekan deb fikrlashgan. Sukeban aʼzolari oʻzlarining erkak hamkasblari singari adrenalin isteʼmol qiluvchi va zoʻravon boʻlishlikni istab qolishgan.
Chiaki Kuriyama Kventin Tarantinoning „Billni oʻldir-1“ kitobida Go Go Yubari sifatida sukeban taʼsiriga ega qahramonni tasvirlagan.
Yana bir film Sukeban Deka (yaponcha: スケバン刑事 ) sukeban submadaniyati taʼsiri xususida yaratilgan. Sukeban Deka filmida Saki Amamiya ismli jinoyatchi qiz tasvirlangan. Saki Amamiya politsiya yashirin detektivlari tomonidan qidiriladi, unga qurol sifatida yo-yo berilgan va jinoiy faoliyatni tergov qilish uchun infiltratsiya qilishga toʻgʻri keladi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Yonekawa, Akihiko. Beyond Polite Japanese: A Dictionary of Japanese Slang and Colloquialisms, 2001, pages 26-27. ISBN 978-4-7700-2773-3.
- ↑ Rubboli. „Sukeban: 18 fotografie di Gang femminili fra gli anni '70 e '80 in Giappone“ (2019-yil 19-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 Everyday. „Sukeban: 20 Amazing Photographs Capture Badass Girl Gangs in Japan From the 1970s and 1980s“. vintagenewsdaily.com (2018-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Cherry, Kittredge „Christmas Cake Sweepstakes: Girlhood to Wedding“, . Womansword: What Japanese Words Say about Women, First mass market edition, 1991, 17-14 Otowa 1-chrome, Bunkyo-ku, Tokyo 112: Kodansha International Ltd., 1987 — 51–52-bet. ISBN 4-7700-1655-7.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „1970's Sukeban Subculture: Japanese Delinquent Gangs“. japadventure.com (2018-yil 2-avgust). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 Webb. „How Vicious Schoolgirl Gangs Sparked a Media Frenzy in Japan“. vice.com. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
- ↑ „The True Story Of Sukeban: Violent Girl Gangs Of '70s Japan“. groovyhistory.com (2019-yil 18-iyul). 2022-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ Kozma, Alicia (1 January 2012). "Pinky Violence: Shock, awe and the exploitation of sexual liberation". Journal of Japanese and Korean Cinema 3 (1): 37–44. doi:10.1386/jjkc.3.1.37_1. ISSN 1756-4905. https://doi.org/10.1386/jjkc.3.1.37_1.
Adabiyotlar
tahrir- Vayser, Yuko Mihara. (2001). „Yaponiyalik jangovar Divas 101“. Asian Cult Cinema № 31, 2001 yil 2-chorak.
- Ashcraft, Brayan Ueda Shoko bilan. (2010). „Yaponiyalik maktab oʻquvchisining maxfiy maʼlumotlari: oʻsmir qizlar qanday qilib xalqni sovuqqa aylantirgan“. Kodansha.ISBN 978-4-7700-3115-0ISBN 978-4-7700-3115-0