Sukre (shahar)
Sukre — Boliviyaning rasmiy poytaxti, Chukisaka departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy Kordilyera togʻlari yon bagʻrida, 2700 m balandlikda joylashgan. Aholisi 300 ming kishi (2011). Transport yoʻllari tuguni. Universitet (1624), nafis sanʼat, antropologiya va boshqa muzeylar bor.
Sukre ispancha: Sucre | |
---|---|
19°12′34″S 65°15′19″W / 19.20944°S 65.25528°W | |
Mamlakat | Boliviya |
Hukumat | |
• Mer | Moyzes Torres |
Asos solingan | 1538 |
Avvalgi nomlari | Nuevo-Toledo, Charkas, La-Plata, Chukisaka |
Maydon | 710 km2 (270 kv mi) |
Markazi balandligi | 2904 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2011) |
300,000 |
Vaqt mintaqasi | UTC-4 |
|
Tarixi
tahrirShaharga 1538-yilda La Plata (ispancha laplata — kumush) nomi bilan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Keyinroq Chukisaka deb nomlangan (aymar indeyslari tilida — kumush togʻ). 1825-yildan mustaqil Boliviya poytaxti. 1839-yildan mamlakat prezidenti A. X. de Sukre nomi bilan atala boshladi. Sukreda Oliy sud binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (1571), Hukumat saroyi (1892), cherkov va boshqalar saqlangan[1].
Iqlimi
tahrirIqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12°, iyulniki 9°, yiliga oʻrtacha 700 mm yogʻin yogʻadi.
Sanoati
tahrirNeftni qayta ishlash, sement, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud.
Galeriya
tahrir-
Sukre shahridagi prefektura idorasi
-
Sukreda festival vaqti
Manbalar
tahrir- ↑ „Сьеса де Леон, Педро. Хроника Перу. Часть Первая. Глава CVII. — Киев, 2008 (пер. А. Скромницкий)“. 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |