Sulavesi (dengiz)
Sulavesi, Selebes dengizi — Tinch okeanning orollararo dengizi, Sulavesi, Kalimantan, Mindanao, Sangixe o.lari va Sulu arxipelagi oraligʻida. Maydoni 453 ming km². Eng chuqur joyi 5914 m. Suvining yuza qatlamida temperatura 28°, shoʻrligi 34,5%o. S orqali Tinch okean suvining yuqori qatlami Hind okeaniga oʻtib turadi. Dengiz tubi vulkan jinslari aralashgan havorang balchiqdan iborat.
Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, bal. 3 m dan ziyod. Asosiy portlari: Manado va Tarakan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |