Sulaymon Chalabiy
Sulaymon Chalabiy (1351/1352-yil – 1422-yil, Bursa) — turk shoiri.
Sulaymon Chalabiy | |
---|---|
Tavalludi | 1351[1] |
Vafoti | 1422[1] |
Ijod qilgan tillari | Turk tili |
Fuqaroligi | Turkiya[1] |
Otasi | Ahmad Posha |
Bu davrda Bursa Usmonlilar imperiyasiga qarashli bir shahar edi. U Bursadagi Ulugʻ masjidda imomlik vazifasini bajargan. U turk tilida birinchi boʻlib mavlid turida asar yozgan. Vesiletü'n-necât asari uning yagona va eng mashhur asari hisoblanadi.
Hayoti
tahrirSulaymon Chalabiy Oʻrxon Gʻoziy davrida dunyoga kelgan. Uning hayoti haqida koʻp maʼlumot mavjud emas. Baʼzi manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u Usmoniy sultonlardan Murot I ning vazirlaridan biri Ahmad poshoning oʻgʻli, Shayx Mahmudning nabirasi deyiladi. Bobosi Mahmud Bey Shayx Edebalining nabirasi boʻlib, 1338-yilda Sulaymon Posha boshchiligida Rumeliga borganlardan biri hisoblanadi. Sulaymon Chalabiy 1346-1351 yillar orasida tugʻilgan va 1422-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi.[2]
U yoshligida Bursada yaxshi taʼlim olgan deb taxmin qilinadi. Chalabiy taxallusiga kelsak, oʻsha davrda „Chalabiy“ taxallusi olimlar va mavlaviylik tariqati oqsoqollariga berilar edi. Sulaymon Chalabiyning mavlaviy ekanligi haqida maʼlumotlar yoʻq. U oʻzining bilimdonligi bilan Sulton Yildirim Boyazidning eʼtiboriga tushgan va 1399-yilda qurib bitkazilgan Ulugʻ masjidga imom vazifasiga tayinlangan. U bu yerda imomlik vazifasini bajargan vaqtida bir voqeaga guvoh boʻladi. Bu voqeadan qattiq taʼsirlangan Sulaymon Chalabiy oʻzining mashhur asari „Vesiletü'n Necat“ni yozgan.
Manbalarda keltirilgan rivoyatlarga koʻra, Sulaymon Chalabiy Muhammad (s.a.v.)ning boshqa paygʻambarlardan ustunligi yoʻqligini iddao qilgan eronlik voizning gaplaridan qattiq taʼsirlangan va Muhammad (s.a.v.)ning boshqa paygʻambarlardan ustunligini isbotlash maqsadida mavlid asarini yozgan. Sulaymon Chalabiy Usmonlilar saltanatining zaif bosqichi boʻlgan va Onadoʻli oʻlkalarida har xil ziddiyatlar hukm surgan Fetret davrida botiniy qarashlar va Ahl-i sunnat oʻrtasida ziddiyatli vaziyatlarda sunnat tomonida boʻlgan. Shuning uchun ham mavlid asarining yozilish sabablaridan yana biri sifatida Ahl-i sunnatni qoʻllab quvvatlash boʻlgan deb qaraladi. U oʻz asarini 1409-yilda (taxminan 60 yoshlarida) yozib tugatgan. U asarni yozishda Oshiq Poshoning "Gʻaribnoma ", Erzurumlu Dorirning „Siyerü’n Nebi“, Eb’ul Hasan Bekriyning „Siyer“ va Muhyiddin Ibnu’l-Arabiyning „Fusus“ asarlaridan keng foydalanganligi aniqlangan.[3] Uning yagona mashhur asari „Mavlid“ yaʼni „Vesiletun Nejat“ hisoblanadi.
Sulaymon Chalabiy 1422-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Uning qabri esa Bursadagi Chekirge yoʻlida joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
- ↑ „Mustafa Koz, Akif Gümral, Süleyman Çelebi, Dokuz Eylül Üniversitesi Buca Eğitim Fakültesi Öğrenci Ödevleri Sayfası“. 11 nisan 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 temmuz 2009.
- ↑ „Musikidergisi.net“. 19 aralık 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 temmuz 2009.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Sulaymon Chalabiyga tegishli iqtiboslar mavjud. |