Sulaymon Maxmatqulov
Sulaymon Maxmatqulov — 1888-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Ilaylin qishloq soveti Jachaybeyla qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq quloq, paxta topshirig‘ini bajarmagani uchun 5 yilga qamoq jazosi berilgan. Aholi orasida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik va isyonkorona targ‘ibot olib borgan, bo‘lajak urush va unda sovet hokimiyati mag‘lub bo‘ladi, degan aksilinqilobiy gaplar tarqatgan, sovet hokimiyatiga qarshi ochiq-oshkora kurashga chaqirgan, ochlik haqida aksilinqilobiy tuhmatlar tarqatganlikda ayblangan. Shu „ayb“ bilan u otuvga hukm qilingan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 142-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.