Sulaymon Stalskiy (1869.18.5 — Dogʻiston Respublikasi Qosimkent tumani OshagStal ovuli — 1937.23.11) — lezgin shoiri, oqin. Dogʻiston xalq shoiri (1934). Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. Yosh yetim qolib, 13 yoshidan boshlab roʻzgʻor tebratgan. Qariyb 20-yil davomida korandalik qilgan. Dogʻistonda Sovet davlati uzilkesil oʻrnatilgach (1920), bolsheviklarga yaqinlashib, sovet idoralarida xizmat qilgan. 1930-yilda Dogʻistonda birinchilardan boʻlib jamoa xoʻjaligiga aʼzo boʻlib kirgan. Sovet davlati lezgin eli oʻrtasida ashuglik (baxshilik) sanʼati bilan mashhur boʻlgan S.S.ni 20-yillardayoq oʻz taʼsir doirasiga tortadi va uning ijodiga inqilobiy gʻoyalarning kirib kelishiga erishadi. Shuningdek, ijodida 1914—15 yildayoq koʻzga tashlangan din arboblari va chor amaldorlarini mashara qiluvchi hajviy yoʻnalishni qoʻllabquvvatlaydi. "Qozilar", "Oqsoqol", "Ikki oyoqli eshak", "Samovar", "Qahatchilik yillarida chirigan joʻxori sotgan Vekelar ovullik mulla Ramazon xususida" singari hajviyalari bilan elyurt ogʻziga tushgan. S S. 20—30-yillarda bolsheviklar buyurtmasi bilan Oktyabr inqilobi va fuqarolar urushi mavzularida sheʼrlar yozadi. Anʼanaviy xalq sheʼriyatining sovet targʻiboti quroliga aylanishi mumkinligi S. S ga boʻlgan eʼtiborning haddan ziyod oʻsishiga sababchi boʻladi. M. Gorkiy Sovet yozuvchilarining 1sʼyezdida uni "20-asrning Gomeri" deb eʼlon qiladi va milliy respublikalardagi xalq baxshilari, oqinlari va ashuglarini S.S. dan ibrat olishga chaqiradi.

S.S 1936-yilda lezgin xalq sheʼriyati anʼanalari ruhida "Dogʻiston" dostonini yozgan. Ijodi 50-yillarga qadar oʻzbek maktablarining adabiyot dastur va darsliklaridan mustahkam oʻrin olib kelgan.