Sulfgidrid guruhlar (tiol, SH guruhlari) – sulfid kislota H2S (vodorod sulfid)ning qoddigʻi; nordon tuzlar gʻamda organik birikmalar tarkibiga kiradi. S.g.ni sulfid kislota tarkibidagi vodorodning organik radikallar yoki metallarga almashinishi orqali hosil qilish mumkin. Mas, kislotaga etilen oksid taʼsir ettirilsa, quyidagi birikmalar vujudga keladi:Agar kislotadagi vodorod oʻrniga metall almashinsa, gidrosulfidlar hosil boʻladi.

S.g. ning oʻziga xos xususiyati ularning osongina oksidlanib, disulfid —S—S— bogʻlar hosil qilishi va qaytarilib SH guruhGʻhriga aylanishidir. Shu boisdan S.g. oksidlanishqaytarilish reaksiyalariga oson kirishadi.

S.g. saklovchi glyutation (tripeptid), A kofermenti, sistein (aminokislota) va tarkibida uning qoldigʻini saqlovchi oqsil moddalar organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarda muhim rol oʻynaydi.