SULLA (Sulla) Lutsiy Korneliy (mil. av. 138, Afina — 78) — Rim sarkardasi, konsul (88). S. oliy tabaqali zodagon oilasida tavallud topgan. Afrika yurishi paytida numidiylar shoxi Bokx yordamida Yugurtni maxv etgan S.ning obroʻeʼtibori oshib ketadi, sekinasta u kvestor, legat, harbiy tribun lavozimlariga koʻtariladi. S. sarkarda Katull ishonchiga kiradi va Kichik Osiyoning jan.sharkidagi Kilikiya viloyati pretori — hokimi vazifasini egallaydi. Parfiya hukmdori MitridatPbilansulhtuzadi. Oliy bosh qoʻmondon — imperator sifatida u Yunoniston va uning poytaxti Afinani qoʻlga kiritadi. S. Pont va Rim oʻrtasidagi qaramaqarshilikka chek qoʻygan. Rim davlati oldidagi buyuk xizmatlari evaziga "feliks" ("baxtli") taxallusi bilan atalgan S. mil. av. 82-yil oxirida oʻzini diktator deb eʼlon qilgan. 79-yil diktatorlikni oʻzidan soqit qilgan va koʻp oʻtmay vafot etgan. Plutarxning taʼkidlashicha, Sdan 22 kitobdan iborat "Esdaliklar" qrlgan.

Sulla Lutsiy Korneliy

Adabiyot

tahrir
  • Plutarx, Izbrannie jizneopisaniya, t.2, M„ 1990.