Sulton Ismoil Petra masjidi
Sulton Ismoil Petra masjidi (malaycha: Masjid Sultan Ismail Petra) – Malayziyaning Kelantan viloyati Rantau Panjang shahrida Xitoy uslubida qurilgan masjid[1]. Bino Xitoyning Pekin shahridagi 1000 yillik Niujie masjidiga oʻxshaydi.
Masjid | |
Sulton Ismoil Petra masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Kelantan | Rantau Panjang |
Koordinatalar | 6°00′55.2″N 101°58′57.8″E / 6.015333°N 101.982722°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Xitoy meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | 2009-yil avgust |
Sulton Ismoil Petra masjidi Vikiomborda |
Qurilish 2005-yilning 12-sentyabrda boshlangan va 2009-yilning avgust oyida ochilgan. Qurilishning umumiy qiymati 8,8 million ringitni tashkil qilgan. Masjidning umumiy maydoni 3,7 gektar boʻlib, bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi[2].
Manzili
tahrirMasjid Pasir Mas-Rantau Panjang avtomagistralining chekka qismida, Rantau Panjangdan taxminan 2 km uzoqlikda joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „The Chinese Beijing Mosque of Rantau Panjang, Kelantan: Sultan Ismail Petra Silver Jubilee Mosque - Places and Foods“ (2010-yil 2-oktyabr).
- ↑ „Masjid Keputeraan Jubli Perak Sultan Ismail Petra“. Timothy Tye. Qaraldi: 2019-yil 14-may.