Sultonali Mannopov (1948.1.1, Quva tumani) — xonanda, dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1999).

Sultonali Mannopov
Fayl:Sultonali Mannopov.jpg
Tavalludi 1-yanvar 1948-yil
Janrlar Mumtoz.
Kasbi Xonanda, dirijor, o‘qituvchi.
Fuqaroligi O‘zbekiston SSRO‘zbekiston.

Farg‘ona pedagogika instituti(hozirgi Farg‘ona davlat universiteti)ni tugatgan (1974). Xonandalik sanʼati sirlarini Tavakkal Qodirov, M. Madaliyev kabi ustozlardan oʻrgangan. Fargʻona davlat universitetida oʻqituvchi (1974-78), kafedra mudiri (1992-yildan), professor (2001-yildan); Fargʻona viloyati musiqali drama va hajviya teatrida xormeyster, direktor (1978-88), bosh dirijyor (1978-88; 2001-yildan), Fargʻona viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda, badiiy rahbar (1988-2001).

Ijro dasturidan "Ushshoq", "Bayot", "Qalandar", "Abdurahmonbegi" kabi mumtoz ashula turkumlari, "Bogʻaro", "Kirib boʻstonni kezdim" kabi katta ashulalar, yallalar ("Ul kun jonon", "Ul parivash" va boshqalar), zamonaviy bastakorlar yaratgan ("Gulzorga qarasam", Abduhoshim Ismoilov; "Vatanni sevmoq iymondandur", K. Soliyev va boshqalar), shuningdek, o‘zi bastalagan ("Qalandar ishqi", "Vodiy taronasi", "Oʻzbekistonim", "Kelsa sanamim" va boshqalar) asarlar o‘rin olgan. Oʻzbek musiqasi mavzuidagi ilmiy-ommabop va badiiy risolalar ("Anʼanaviy qoʻshiq ijrosi", "Tavakkal Qodirov", "Soʻnmas navolar" va boshqalar) muallifi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil