Sumalak
Sumalak — Markaziy Osiyo hamda boshqa turkiy va forsiy xalqlar tomonidan Navroʻz bayrami kunlari pishiriladigan shirin taom turi. Asosan, bugʻdoyning yosh novdalari, un, yogʻlardan tayyorlanadi. Shuningdek, baʼzi milliy anʼanalarga koʻra, tosh yoki yongʻoq ham solib pishiriladi. Hamda 1 sutka mobaynida pishiriladi.
Sumalak — taom turi. Servitamin, xushxoʻr va tansiq taom. Tayyorlash usuli: jaydari qizil, qayroqi bugʻdoy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Zanglamaydigan idishga solinib, uch kun ivitib qoʻyiladi. Bugʻdoy nish urgach, toza taxta (teshikchalar ochilgan faner) ustiga 1 — 1,5 sm qalinligida yorugʻroq, lekin quyosh nuri tushmaydigan joyga taxtaga yoyiladi va qar kuni ertalab suv sepib turiladi. Bugʻdoy maysasi (koʻk)igna boʻyi boʻlganda (3—4 kundan soʻng) uni boʻlaklarga boʻlib, taxtadan ajratib olinadi. Koʻk qiymalanadi yoki oʻgʻirda tuyiladi va ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokada suziladi. Shu tarika uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi, 0,5 kg undirilgan bugʻdoy uchun 2 kg bugʻdoy uni, 1 kg paxta yogʻi kerak. Qozonda paxta yogʻi dogʻlanib sovitiladi. Yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi.
Soʻngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Tagiga olmasligi uchun qozonga yongʻokdek keladigan 15—20 ta silliq toshchalar va 10—12 dona yongʻoq yuvib solinadi va yogʻoch kurakcha bilan betoʻxtov kovlab turiladi. S. 10—12 soat qaynatiladi. Tayyor S.ning rangi och jigarrang, quyuq ataladek, mazasi shirin boʻladi. S. yetilgach, krzonning olovi olinib, 5—6 soat dimlab qoʻyiladi.
S. qadimdan, ayrim maʼlumotlarga koʻra 3000-yildan beri, bahorni kutib olish, dehqonchilik ishlarining boshlanishi arafasida, Navroʻzaa. tayyorlab kelinadi. 20-asrning 90yillaridan boshlab S. pishirish Navroʻz bayramida, ayniqsa, ayollar oʻrtasida katta tantana bilan oʻtadi.
Foydali taraflar:
Sumalak – bu o‘zbek milliy taomi bo‘lib, bahorgi Navro‘z bayrami paytida tayyorlanadi. Uning bir qancha foydali taraflari bor:[1]
1. **Vitaminlar va minerallar manbai**: Sumalak bug‘doy unidan tayyorlanganligi sababli, unda ko‘plab vitaminlar, ayniqsa B guruhi vitaminlari, temir, magniy, fosfor va rux mavjud.
2. **Energiya manbai**: Sumalak tarkibida ko‘p miqdorda uglevodlar bor, bu esa energiya manbai hisoblanadi. Bu, ayniqsa, bahor paytida tanaga zarur energiyani ta’minlashga yordam beradi.
3. **Antioksidantlar**: Sumalak antioksidantlar bilan boyitilgan bo‘lib, ular hujayralarni zararli erkin radikallardan himoya qiladi va immun tizimini mustahkamlaydi.
4. **Tana tozalash xususiyati**: Sumalak tarkibida tolalar (kletchatka) mavjudligi sababli, u ichaklarni tozalashga va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashga yordam beradi.
5. **Organizmni mustahkamlash**: Sumalakning oziq-ovqat qiymati yuqori bo‘lib, u organizmni zarur mikroelementlar bilan ta’minlaydi va umumiy sog‘lomlikni yaxshilaydi.
Sumalakning bu foydali xususiyatlari uni nafaqat mazali, balki sog
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Milliy taomlar tayyorlash yoʻriqnomasi.