SupaOʻrta Osiyo monumental meʼmorligida binolar bilan oʻralgan hovli oʻrtasiga yoki chetiga (bino devoriga tutashtirib) ishlangan sahn. Hovli yuzasidan baland, usti ochiq yoki yopiq (ayvonga oʻxshash) boʻladi. Supa bogʻning sermanzara, soya-salqin joyida, daraxtzor tagida, hovuz yoki ariq yonida yarim doira, murabba, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli qilib, loy va gʻishtdan, togʻli hududlarda toshdan quriladi. Supadan yozda dam olib oʻtirish, yotish uchun foydalaniladi. Karavot, soʻri, chorpoya vazifasini ham oʻtaydi.

Adabiyot

tahrir
  • Nozilov D., Chorbogʻ, T., 1997.