Sur — qizilga moyil, och jigarrang , qorakoʻl teri turi. S. teri rang-barang tovlanadi. Uning gulini hosil qiladigan har bir jun ikki, uch va hatto, toʻrt tusda: tag qismi uchiga nisbatan qora yoki qoramtir, toʻq jigarrang; uchi kumusheimon oq, tillasimon sariq yoki och koʻk, bronza, kahrabo, gavhar va boshqa rangda boʻladi. S terining qora S. (junining tag qismi qora, uchi kumusheimon; uncha qadrlanmaydi); kumush S. (junining tag qismi qora, uchi kumusheimon oqish yoki kumusheimon och sariq, juda qadrlanadi); tilla S. (junining tag qismi qoraqoʻngʻir yoki jigarrang , uchi esa tillasimon sariq; yaxshi kadrlanadi); och tilla S. (junining tag qismi och jigarrang , uchi och tilla rang , tilla S.ga nisbatan past kddrlanadi) va boshqa turlari bor. Krrakalpogʻiston Respublikasi, Kashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlaridagi nayelchilik xujaliklarida sur qorakoʻl qoʻylarni chatishtirish yoʻli bilan oq oltin S, bronza S, och pushti S, antika S, shamchiroq S, poʻlat S. terilari yetishtirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Sur (teri)" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil