Surxondaryo qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo qoʻgʻirchoq teatri — 2001-yil 26-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbeksitonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonni amalga oshirish masalalari haqidagi qaror doirasida tashkil etilgan[1].
Teatr „Tuyaqushboyoqush“ (P. Moʻmin) spektakli bilan ochilgan (2002). 240 oʻrinli zaliga ega. „Doʻstlar“ (A. Jamol), „Oʻrmonda yangi yil“, „Abdulla quvnoq hangomalari“ (T. Qobilov), „Yalmogʻizga alla — quyonvoyga tilla“ (3. Shamsutdinova sheʼrlari asosida) kabi spektakllar sahnalashtirildi. Teatr foyesida rassom Roʻzi Choriyev rasmlari galereyasi joylashgan boʻlib, rassomning portret, peyzaj janrlariga mansub jami 55 asari qoʻyilgan.
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |