Suspenziyalar — dispers sistemalarning uchinchi xili dagʻal dispers sistemalardir. Dagʻal dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarining oʻlchami 100 mmkm dan katta boʻladi[1]. Dispers faza va dispersion muhitning agregat holatiga qarab, dagʻal dispers sistemalar (xuddi kolloid eritmalar kabi) bir necha xil boʻlishi mumkin, turmush va texnikada eng koʻp uchraydigan dagʻal dispers sistemalar quyidagilardir:

  1. Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muqitdai iborat dagʻal dispers sistemalar; ular suspenziyalar deyiladi: masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa, suspenziya hosil buladi[2].
  2. Suyuq dispers faza va suyuq dispersion muqitdan iborat sistemalar; bular emulsiyalar deyiladi; sut emulsiyaga misol boʻla oladi. Agar dispers faza gaz boʻlsa, bunday sistemalar gazsimon emulsiyalar, boshqacha aytganda, koʻpiklar deyiladi.
  3. Bir necha xil qattiq jismlardan tuzilgan sistemalar; bu sistemalar turridan-turri aralashma deyiladi.

Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi:

  1. suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas; ular yorugʻlik nurini tarqatib yuboradi; ular hamma vaqt loyqa va polidispers holda boʻladi. Ular sedimentatsion jihatdan barrqaror emas:
  2. suspenziya bilan emulsiya ikki va uch qavatga boʻlinishi va ularning tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin; dispers sistemalarning bu xossalaridan foydalanib, texnikada bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi.

Agar sistema emulsiyadan iborat boʻlsa, bu holda dispers fazani dispersion muhitdan ajratish uchun sistema uzoq vaqt tindiriladi yoki sentrifugaga solib aylantiriladi. Bu vaqtda bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik qavati hosil boʻladi. Ana shu usul bilan ikki suyuqlik bir-biridan ajratib olinadi. Agar sistema suspenziyadan iborat boʻlsa, tindirilgan vaqtda ogʻir modda idish tagiga choʻkadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning choʻkish protsessi sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya hodisasini hamma suspenziyalarda ham kuzatish mumkin, lekin hamma suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi har xil boʻladi. Suspenziyalarning choʻkish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bogʻliq. Agar t vaqt ichida zarrachaning bosgan yoʻli N boʻlsa, sedimentatsiya tezligi V = H/t boʻladi. Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning kovushoqligi va zichligi oʻrtasidagi bogʻlanish quyidagi formula bilan ifodalanadi:

  • υ=2/9 * r2(D-d)g/ η

bu yerda r — zarrracha radiusi, η — dispersion muhitning kovushoq- ligi, υ — choʻkish tezligi, D — zarrachaning solishtirma ogʻirligi, d — dispersion muqitnipg solishtirma ogʻirligi, g — ogʻirlik kuchi tezlanishi.

Manbalar

tahrir
  1. The Columbia Electronic Encyclopedia, 6th ed.
  2. Chemistry: Matter and Its Changes, 4th Ed. by Brady, Senese, ISBN 0-471-21517-1