Suto
Suto (basuto) — bantu xalqlari guruhiga mansub xalq. Lesoto va JARning qoʻshni tumanlarida yashaydi. Umumiy soni 4 mln. kishidan ortiq (1990y.lar oʻrtalari); jumladan, JARda 2,44 mln. kishi, Lesotoda 1,6 mln. kishi. Shuningdek, Botsvanada ham yashaydi. Suto tilida soʻzlashadi. Dindorlari — xristianlar, bir qismi anʼanaviy eʼtikrdlarga amal qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |