Suv bilan isitish
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Suv bilan isitish - eng keng tarqalgan isitish tizimi. Turar joylar, jamoat va sanoat binolarini isitishda kullaniladi. Isitiladigan xonalarga issiklik manbai (qaynoq suv) isitish asboblari va quvurlar orqali boradi. S. bilan i. tizimi tarkibiga suv isitkich (qozon, issiklik almashish apparata), isitish asboblari (radiatorlar, konvektorlar, panellar, reyestrlar), suv quvurlari, kengaytirish idishi, suvni ochibyopish va rostlash armaturasi kiradi. Suv isitkich suvni 50—90° gacha isitib beradi. Oddiy qozonlarda suv isitish uchun oʻtin, kumir yoki gaz yoqiladi. Elektr qozonlarda elektr tokidan foydalaniladi. Issiqlik almashish apparatlari tizimiga tarqatiladigan suvni meʼyoriy traga moslashtirib beradi. Isitish asboblari ichida harakatlanadigan qaynoq suv va bugʻ bilan xonalarni isitib beradi. Isitish asboblari va quvurlaridagi issiq suv sovib, yana isitkichga qaytib keladi, qizigan suv kengaytirish idishida kengayadi, natijada quvurlar yorilib ketmaydi.
S. bilan i. tizimida issiq suv harakatining tabiiy va 2 majburiy usullari bor. Suv tabiiy harakatlanadigan tizimda isitkichda qizigan (yengil) suv isitish asboblari hamda suv quvurlarida qisman sovigan (ogʻir) suvning temperaturasi va zichligi farqi hisobiga harakatlanadi (yaʼni uzluksiz aylanib turadi, sirkulyasiyalanadi). Suv qozoni isitish asboblaridan qancha past oʻrnatilsa, tizimda suv shuncha yaxshi aylanadi va xonalar shuncha yaxshi isiydi. Bunday tizim shaxsiy uyjoylarda koʻp qoʻllanadi. Koʻp qavatli turar joylarda suv majburiy harakatlanadigan (suv nasoslari yordamida aylantiriladigan) tizimdan foydalaniladi. Bunda qozon bilan isitish asboblarini oʻzaro balandpast oʻrnatishning farqi yoʻq.
S. bilan i. tizimlari ikki yoki bir quvurli va oqova boʻlishi mumkin. Bir quvurli sxemada har bir isitish asbobi bitta quvurga (stoyakka) ulanadi. Quvurdan oʻtayotgan suvning bir qismi isitish asbobiga kirib oʻtadi, bir qismi toʻgʻri oʻtib ketaveradi. Ikki quvurli sxemada barcha isitish asboblari ikki quvur (issiq va sovuq suv quvurlari)ga parallel ulanadi. Oqova sxemada suv barcha isitish asboblaridan oʻtadi. Isitish tizimi toʻgʻri ishlashi (havo tiqini paydo boʻlmasligi) uchun undan havo chiqarib yuborilishi kerak. Shu maqsadda tizimdagi har bir isitish asbobiga eng yuqori nuqtaga havo chiqargichlar qoʻyiladi.
Yirik shaharlarda issiq suv isitiladigan obʼyektlarga markazlashtirilgan usulda yetkaziladi. Bunda S. bilan i. tizimi tashqi tarmoqqa ulanadi. Agar tashqi tarmoqdagi suv temperaturasi isitishning gigiyenik talablari (kasalxonalar uchun 85°, turar joylar uchun 105°)dan yuqori boʻlsa, issiq suvga sovuq suv aralashtirib yuboriladi (nasos yordamida) (rayemga q.). Yozgi mavsumda isitish asboblari va quvurlar zanglab krlmasligi uchun tizimda suv qoldiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |