Suv saqlovchi gorizont
Suv saqlovchi gorizont - suv oʻtkazadigan bir xil tarkibli yoki litologik tarkibi va gidrogeologik xususiyatlari oʻxshash boʻlgan togʻ jinslarining yer osti suvi bilan toʻlgan bir yoki bir necha qatlami, darzlik boʻshliqlari, gʻovaklar, boʻshliqlar. Suv saqlovchi gorizontg. burgʻi qudugʻi va boshqa manbalarni yetarli oqim bilan taʼminlaydigan darajada oʻzida suv yigʻa oladigan katlamdir. Birbiri bilan gidravlik ravishda bogʻlangan Suv saqlovchi gorizontg. suvli majmuani hosil qiladi. Agar yer osti suvlari suv utkazmaydigan qatlamlarga nisbatan ustki ta ostki tomondan chegaralangan va atmosfera bosimidan yuqori bosim ostida boʻlsa, Suv saqlovchi gorizontg. bosimli hisoblanadi. Bosimsiz suvli gorizontda yer osti suvlarining sathi oʻtkazuvchanlik zonasining ustki chegarasi boʻlib, unda bosim atmosfera bosimiga mos keladi (qarang Togʻ jinslarining suv oʻtkazuvchanligi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |