Antifiltratsion qoplamalar
Antifiltratsion qoplamalar, suv sizishiga qarshi qoplamalar — sugʻorish kanallari, hovuzlar, suv omborlari, turli gidroinshootlar tubi va yon bagʻirlarini qoplashda qoʻllanadigan maxsus materiallar.
Suvning sizishini bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadlarida ishlatiladi. Suv inshootlari qurilishida qoplamalarning quyidagi asosiy zichlangan xillari qoʻllanadi: grunt, yaxlit beton, yigʻma temir-beton, asfalt-beton, yaxlit yigʻma beton yoki zichlangan grunt katlami bilan himoyalangan polimer, polietilen va polivinilxlorid parda-li ekran. Shuningdek, suv oʻtkazmaslik uchun gruntlarni mexanik shibba-lash (shibbalangan gruntlarni) va kanal oqiziqlari hamda muallaq zarrachalari yerdamida oʻzanni sunʼiy kolmataj kilish (kolmataj qilingan gruntlarni) kabi usullar ham qoʻllanadi. Aksariyat Antifiltratsion qoplamalar ikki va undan ortiq qavatli elementdan iborat boʻladi, ammo sharoitga qarab ularning har birini mustaqil qoʻllash mumkin. Antifiltratsion qoplamalarning koʻpi beton yoki temir-beton plitalardan quriladi; plitalar choki va oraligʻi neft hamda polimer mahsulotlaridan tayyorlanadi-gan maxsus elastik material — germetik bilan toʻldiriladi. A.Q, materiali tipi mahalliy sharoitlar (tuproq-grunt, relef va boshqalarning tuzilishi) va inshootlarning vazifasiga qarab texnik-iqtisodiy hisoblar asosida tanlanadi (mas, tagi pardali yaxlit yigʻma beton 35 — 40 yil xizmat qiladi). Kanallarga qoplamalar yotqizish suvning sizishini 25 — 30% kamaytirishga, uning f.i.k.ni 0,91 −0,99 ga yetkazishga imkon beradi. Antifiltratsion qoplamalar kanal zonasida grunt suvlari sathining koʻtarilishini, tuproqning zaxlanishi va qayta shoʻrlanishini, ka-nal qirgʻoqlarining oʻpirilishi va oʻzan deformatsiyasini bartaraf etadi, kanallarning oʻt bosishini kamaytiradi, natijada suvning oqish tezligi, kanalning suv oʻtkazish imkoniyati ortadi. Hozir Antifiltratsion qoplamalar yotqizish toʻla mexanizatsiyalashti-rilgan. Oʻzbekistonda xoʻjaliklararo kanallar (32,4 ming km)ning 9,7 ming km ga beton qoplama yotqizilgan (1995).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |